Dunyoda

Turk harbiylari tez orada Ozarbayjonga yoʻl oladi

© Sputnik / Asatur Yesayants / Mediabankka oʻtishAvtomobil, povrejdennыy v rezultate obstrela v Stepenakerte
Avtomobil, povrejdennыy v rezultate obstrela v Stepenakerte - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Turkiya quruqlikdagi kuchlari mashgʻulotlarni yakunladilar va tez orada Ozarbayjon hududida vazifalarni bajarishga kirishadilar, deya bayonot qildi Turkiya mudofaa vazirligi rahbari Xulusi Akar.

TOSHKENT, 21 noya - Sputnik. Turk harbiylari tez orada Ozarbayjonga yoʻl oladilar, deb bayonot qildi Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Akar.

V NKR vsyo spokoyno: RF pomogayet mestnыm jitelyam vozvratitsya k mirnoy jizni - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Qorabogʻda hammayoq tinch: RF mahalliy aholiga tinch hayotga qaytishga yordam bermoqda

"Tez orada bizning askarlarimiz Ozarbayjonga oʻz burchini ado etish uchun yoʻl oladilar. Piyoda qoʻshinlari tayyorgarlikni yakunladilar", - deya iqtibos keltirgan Anadolu agentligi vazir soʻzlaridan.

Sal oldin Turkiya prezidenti Toyyib Erdogʻan mamlakat parlamentiga harbiylarni Ozarbayjonga yuborish toʻgʻrisida qonun loyihasini yoʻllagani haqida maʼlum boʻlgan edi.

Ilgariroq Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya Qorabogʻda 10 noyabrdan oʻt ochishni toʻxtatish rejimi toʻgʻrisida qoʻshma bayonotni eʼlon qilishgan edi. Regionga allaqachon rossiyalik tinchlikparvarlar kiritilgan. Erdogʻanning aytishicha, Turkiya va Rossiya Togʻli Qorabogʻda tinchlik bitimi ustidan nazorat boʻyicha markaz haqidagi memorandumga imzo chekishgan.

Oʻz navbatida, RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Qorabogʻ boʻyicha muzokaralarda mintaqada Rossiya va Turkiyaning qoʻshma tinchlikparvar kuchlari joylashtirilishi mavzusi hech qachon muzokaralarda muhokama etilmaganini koʻp bora taʼkidlagan.

Nagornыy Karabax: Rossiya, SSHA i Frantsiya dumayut, kak ostanovit krovoprolitiye - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Togʻli Qorabogʻda tinchlikparvar operatsiya reytingi

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ham Turkiyaning harbiylashgan tinchlikparvar boʻlinmalari Togʻli Qorabogʻga yoʻnaltirilmasligi, ammo Anqara vakillari Ozarbayjonda joylashgan monitoring markazi doirasida vaziyatni barqarorlashtirishda ishtirok etishayotganiga eʼtibor qaratgan edi.

Qorabogʻda oʻt ochishning toʻxtatilishi

Oʻninchi noyabr kuni Kreml matbuot xizmati Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya prezidentlarining shu kundan boshlab Qorabogʻda oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonotini eʼlon qildi. Ozarbayjon va Armaniston harbiy harakatlarni toʻxtatish, egallab olingan pozitsiyalarda toʻxtash va harbiy asirlar bilan oʻzaro almashish majburiyatini oʻz zimmasiga olishmoqda. Yerevan Kelbajar, Lochin va Agdam tumanlarini Bokuga qaytarishi kerak.

 

Bundan tashqari, mintaqaga Rossiyaning 1960 harbiy xizmatchilari, 90ta bronetransporterlar, 380 dona texnika koʻrinishidagi tinchlikparvarlari kiritilmoqda. Ular Qorabogʻ va Lochin koridorida joy olgan.

Yangiliklar lentasi
0