Video

Qorabogʻda hammayoq tinch: RF mahalliy aholiga tinch hayotga qaytishga yordam bermoqda

Rossiya tinchlikparvar kuchlari mahalliy aholini qoʻllab-quvvatlamoqda. Harbiy xizmatchilar tutashuv chizigʻidagi hududlarni patrul qilishmoqda va regionga qaytib kelayotgan qochqinlar kolonnalariga hamrohlik qilishmoqda.

Tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ respublikasida hayot sekin-asta tinch oqimga qaytmoqda. Togʻli Qorabogʻ Respublikasi poytaxti Stepanakertda jamoatchilik transport yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, doʻkonlar va sartaroshxonalar ham faoliyat yuritmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda uzilishlar kuzatilmayapti.

Nagornыy Karabax: Rossiya, SSHA i Frantsiya dumayut, kak ostanovit krovoprolitiye - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Togʻli Qorabogʻda tinchlikparvar operatsiya reytingi

TQR mutaxassislariga yordamchi sifatida Rossiya FVV xodimlari kelishgan. Ular fuqarolik obʼyektlari va infratuzilmalarni taʼmirlashda yordam beradilar. Rossiyalik tinchlikparvarlar mahalliy aholini qoʻllab-quvvatlashmoqda. Harbiy xizmatchilar yoʻllarni minalardan tozalash bilan shugʻullanishmoqda. Ular shuningdek, tutashuv chizigʻidagi hududlarni patrul qilishmoqda va regionga qaytib kelayotgan qochqinlar kolonnalariga hamrohlik qilishmoqda.

Rossiyaliklar Togʻli Qorabogʻ aholisiga qay tarzda yordam berayotgani haqida bizning videomizda batafsil tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala