Yevropa karantin cheklovlariga qarshi - video

Obuna bo‘lish
Berlinda niqob taqish va karantin choralariga qarshi bo‘lib o‘tayotgan tinch namoyish politsiya bilan to‘qnashuvga aylanib ketdi. Namoyishchilarni quvish uchun huquqni saqlash organlari ko‘zdan yosh chiqaruvchi gaz va suv zambaraklaridan foydalanishga majbur bo‘lishdi.

Berlin markazida koronavirus tufayli kiritilayotgan cheklovlarga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi. Protest ishtirokchilari Brandenburg darvozasi yonida to‘planishdi va namoyishkorona ravishda himoya niqoblaridan voz kechishdi. 

Dastlab tinch o‘tayotgan namoyish politsiya bilan to‘nashuvga aylanib ketdi. Mitingchilarni quvish uchun huquqni saqlash organlari ko‘zni yoshantiriuvchi gaz va suv zambaraklaridan foydalanishga majbur bo‘lishdi. Politsiya 300 dan ortiq namoyishchilarni qo‘lga oldi. 

Aytish joizki ana shunday namoyishlar shu kunlarda Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lib o‘tmoqda. Hukumat tomonidan kiritilayotgan karantin cheklovlariga qarshi bo‘lganlar ayniqsa Fransiya, Ispaniya, Italiya, Chexiya va Slovakiyada ko‘p. Shu bilan bir vaqtda Yevropada koronavirusga chalinganlar soni ham oshib bormoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0