Dunyoda

Bill Geyts yangi pandemiya xavfi haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtish53-ya Myunxenskaya konferentsiya po bezopasnosti. Den vtoroy
53-ya Myunxenskaya konferentsiya po bezopasnosti. Den vtoroy - Sputnik Oʻzbekiston
Microsoft asoschisi Bill Geyts dunyo yangi pandemiyaga duch kelishi mumkin deb aytdi. Microsoft asoschisi taʼkidlashicha, keyingi safar odamlar viruslarga qarshi turishga yaxshiroq tayyorgarlik koʻrgan boʻladi.

TOSHKENT, 23 noya — Sputnik. Microsoft asoschisi Bill Geyts dunyo yangi pandemiyaga duch kelishi mumkin deb aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Probirki s krovyu - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda koronavirus: yangi holatlar

Aktrisa Rashida Jons va AQSH bosh infektsionisti Entoni Fauchi ishtirokidagi podkastda milliarderga “haqiqatan ham dunyo yangi epidemiyani kutmoqdami?” degan savol berildi.

"Ha. Agar u yigirma yildan soʻng yuz bersa, omadimiz kelgan boʻladi", - deb javob berdi u.

Geytsning taʼkidlashicha, muayyan sharoitlarda bu avvalroq - uch yil ichida yuz berishi mumkin.

Shu bilan birga, Microsoft asoschisi taʼkidlashicha, keyingi safar odamlar viruslarga qarshi turishga yaxshiroq tayyorgarlik koʻrgan boʻladi. Uning soʻzlariga koʻra, bu vaqtga kelib insoniyat karantinga kirish algoritmlarini ishlab chiqqan boʻladi. Geyts shuningdek, potentsial infektsiyani tashuvchilarni testdan oʻtkazish tizimilarining yaxshilanishiga umid bildirdi.

Avvalroq, Geyts qishda COVID-19 bilan vaziyat yomonlashishini taxmin qilgandi. U sovuq mavsumda odamlar uyda koʻproq vaqt oʻtkazishini, ehtiyot choralarini koʻrishdan charchaganini va virus faolroq tarqalishini taʼkidladi. Uning fikriga koʻra, vaktsinalar ishlab chiqarish koʻpayganidan soʻng vaziyat yaxshilanadi.

3-toʻlqin

BSST maxsus vakili Devid Nabarro koronavirusning uchinchi toʻlqini xavfi haqida ogohlantirgandi, uning fikriga qaraganda, Yevropa kelasi yil boshida unga duch kelishi mumkin.

Yevropa davlatlari ikkinchi toʻlqinning oldini ololmadi, garchi ular birinchisini jilovlashga muvaffaq boʻlgandi.

“Agar ular hozirda zarur infratuzilmani qurmasalar, kelgusi yil boshida uchinchi toʻlqin boʻladi", - degan soʻzlarini keltirgan Badener Tagblatt.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala