Britaniyalik hamshira 8 nafar go‘dakning o‘limida ayblanmoqda

© Sputnik / Georgiy Zimarev / Mediabankka o‘tishMedsestra vo vremya vaksinatsii vrachey
Medsestra vo vremya vaksinatsii vrachey  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chester kasalxonasida bir necha yil davomida muddatidan oldin tug‘ilgan go‘daklar o‘limi 10%ga oshgani aniqlangan. Shundan so‘ng shifoxona ma’muriyati politsiyaga murojaat qilgan.

TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Britaniyaning Chester shahri politsiyasi 28 yoshli hamshira Lyusi Letbini hibsga oldi. U 8 nafar go‘dakning o‘limida va yana 10 nafar go‘dakning hayotiga suiqasd qilishda ayblanmoqda.

Ayni damda politsiya 2015-2016 yillarda Chester grafligi kasalxonasida sodir bo‘lgan 17 go‘dakning o‘limi bilan bog‘liq holatlarni sinchiklab o‘rganmoqda.

Agar 8 nafar go‘dak o‘limida Lyusi Letbining aybi tasdiqlansa u Britaniya tarixida eng ommaviy bolalar qotili bo‘ladi, deb yozmoqda The Sun nashri.

Deti v meditsinskix maskax - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda birorta ham bola koronavirusdan vafot etmadi - Maxsus shtab

Lyusi Letbini gumon qilish u ishlaydigan shifoxonaning neonatal bo‘limida bolalar o‘limi statistikasi yomonlashganidan so‘ng boshlangan. Kuzatuvlar natijasida Chester kasalxonasida bir necha yil davomida muddatidan oldin tug‘ilgan go‘daklar o‘limi 10%ga oshgani aniqlangan. Shuningdek ularning bir nachasi qo‘l va oyoqlarida noma’lum dog‘lar borlini aniqlangan.  Shundan so‘ng vaziyatni sinchiklab o‘rganish uchun shifoxona ma’muriyati politsiyaga murojaat qilgan.

Hamshira Lyusi Letbi 2011-yilda Chester universitetini tugatib ish faoliyatini boshlagan. Hamkasabalari u haqida juda yaxshi fikrda bo‘lgan. Uning o‘zi ham ijtimoiy tarmoqlarda go‘daklar bilan bog‘liy bir necha guruhlarga a’zo bo‘lgan. U bir o‘zi 3ta mushuklari bilan 3 xonali uyda yashagan.

Yangiliklar lentasi
0