Neftni qayta ishlash bozorida yetakchi almashadi  - Bloomberg

© Sputnik / Yevgeniy SamarinNeftepererabativayushiy zavod
Neftepererabativayushiy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh neftni qayta ishlash zavodlari yopilayotgan vaqtda Xitoyda 4ta yangi zavod ochilmoqda. Ular plastmassa ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘ladi.

TOShKENT, 23 noya – Sputnik. 2021-yilda AQSh neftni qayta ishlash bozorida yetakchilikni Xitoyga boy berishi mumkin, deb hisoblaydi Bloomberg agentligi, Xalqaro Energetika agentligi prognozlariga asosan.

AQShda yirk va hali eskirmagan neftni qayta ishlash zavodalari yopilayotgan bir vaqtda, masalan Luizianadagi Royal Dutch Shell Plc, Xitoyda bir vaqtning o‘zida 4ta yangi neft zavodi qurilmoqda. Ularning qayta ishlash quvvati bir sutkada 1,2 million barrelni tashkil qiladi. Bu butun Britaniya neft sanoatiga teng.

O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlariga qiziqish nega oshdi – Bloomberg javobi

Koronavirus pandemiyasi tufayli dunyoda neftga bo‘lgan talab kamaydi. Bu albatta neftni qayta ishlash zavodlariga ham ta’sir qildi. Qayta ishlanadiga neft hajmi  rekord darajadagi 1,7 million barrelga  qasqardi. Undan yarmi AQSh zavodlariga to‘g‘ri keldi.

Undan tashqari Xitoyda neft va undan olinadigan plastmassaga ehtiyoj o‘sishi kuzatilayotgan bir vaqtda, AQSh va Yevropada bu sohada chuqur krizis kuzatilmoqda. Uzoq muddatli istiqbolda esa – muqobil energiya manbaalari paydo bo‘lmoqda.

Xitoyda neftni qayta ishlash hajmi oshishi, Hindiston va Yaqin Sharqda zavodlar qurilishi xalqaro energetika tizimiga ta’sir qilmy iloji yo‘q. Wood Machenzie izlanishlar kompaniyasi xulosasiga ko‘ra, yaqin kelajakda aynan Osiyoda neftni qayta ishlash hajmi oshadi va ular asosan plastik ishlab chiqishga ixtisoslashgan bo‘ladi.

“Yaqin 1 yoki 2-yil ichida Xitoy neftni qayta ishlash bo‘yicha AQShdan o‘zib ketadi”, - deb Facts Global Energy kompaniyasi direktori Stiv Soyerning so‘zlarini keltiradi nashr.

Lekin quvvatlar oshsa-da, pandemiyadan so‘ng iqtisodni tiklab olish uchun bir necha yil kerak bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0