Dunyoda

AQSH harbiy kemasi Rossiya chegarasini noqonuniy kesib oʻtdi

© U.S. Navy / MC2 Devon Dow Chitat ria.ru vAmerikanskiy esminets Djon Makkeyn
Amerikanskiy esminets Djon Makkeyn - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH harbiy kemasi “John McCain” Buyuk Pyotr koʻrfazida Rossiya chegarasini kesib oʻtdi. Bu holatni RF "Admiral Vinogradov" katta kemasi harbiylari oʻz vaqtida aniqladi.

TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. AQSH harbiy kemasi “John McCain” Rossiya chegarasini kesib oʻtdi, bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar qildi.

Bolshoy protivolodochnыy korabl (BPK) Admiral Panteleyev - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Bu Amerikaning ishi emas". siyosatshunos AQShning RF kemalarini kiritmaslik talabi haqida
“Tinch okean flotining "Admiral Vinogradov" katta kemasi Buyuk Pyotr koʻrfazida AQSH harbiy-dengiz kuchlarining "John McCain" esminetsi tomonidan Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasini buzganlik holatini qayd etdi”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, AQSH kemasi chiziqdan ikki kilometr nariga oʻtib ketdi.

"Admiral Vinogradov" xorijiy kemani xalqaro aloqa kanali orqali bunday harakatlarni amalga oshirish mumkin emasligi toʻgʻrisida ogohlantirdi.

Shuningdek, Rossiya harbiylari AQSH kemasini haydash uchun taran manevridan foydalanishlari mumkinligi aytildi. Shundan soʻng "John McCain" kemasi neytral suvga qaytib ketdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala