Analitika

Togʻli Qorabogʻni minalardan tozalash istiqbollari

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishSpetsialistы protivominnogo tsentra Minoboronы RF pristupili k rabote v Karabaxe
Spetsialistы protivominnogo tsentra Minoboronы RF pristupili k rabote v Karabaxe - Sputnik Oʻzbekiston
Togʻli Qorabogʻning yaqinda jangovar harakatlar kechgan zonasi va boshqa hududlari yuzlab kvadrat kilometr maydonlar bosqichma-bosqich portlovchi moddalardan tozalanishi singari oʻta katta mablagʻ talab qiluvchi ishlarini koʻzda tutadi

Togʻli Qorabogʻning yaqinda jangovar harakatlar kechgan zonasi va boshqa hududlari yuzlab kvadrat kilometr maydonlar bosqichma-bosqich portlovchi moddalardan tozalanishini koʻzda tutadi. Bu ulkan resurslar(millionlab dollar)ni hamda xavfli yerlarni xoʻjalik aylanmasiga kiritish uchun oʻnlab yillar davomida olib boriladigan mashaqqatli ishlarni talab etadi.

Spetsialistы protivominnogo tsentra Minoboronы RF pristupili k rabote v Karabaxe - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Nima uchun Gʻarb Togʻli Qorabogʻ boʻyicha erishilgan kelishuvdan norozi

Mina maydonlari, portlamagan oʻq-dorilar va qoʻlbola portlovchi uskunalar mojarodan keyingi har qanday hudud uchun asosiy muammo sanaladi. Doimiy ravishda oʻta xavfli tahdid mavjudligining eng soʻnggi misoli - bu 23-noyabr kuni Madagiz qishlogʻi yaqinida Ozarbayjon, Rossiya Federatsiyasi harbiy xizmatchilari va tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining portlatilishi boʻldi. Mojaro zonasida bunday xavflar tinchlikparvarlarga, sapyorlar va qutqaruvchilarga har kuni chang soladi.

Kecha Yerevan shahrining aerodromlariga Rossiya mudofaa vazirligining minalardan tozalash xalqaro markazining 100 dan ortiq harbiy xizmatchilari, shuningdek, 13 ta harbiy va maxsus texnika yuborildi. Muhandislik boʻlinmalari bugun Yerevan - Goris - Stepanakert yoʻnalishi boʻyicha yurish qilmoqda. Sapyorlarning yetakchi boʻlinmalari 23 noyabrdan Togʻli Qorabogʻdagi hududlar, yoʻllar va obʼyektlarni minalardan tozalashga kirishgan. Ustuvor vazifasi - dislokatsiya (joylashuv, harakatlanish) nuqtalari, tinchlikparvarlarning postlar oʻrtasidagi harakatlanishi, va ayrim infratuzilma obʼyektlarida minalardan tozalash ishlarini tezkor ravishda amalga oshirish.

Nagornыy Karabax: Rossiya, SSHA i Frantsiya dumayut, kak ostanovit krovoprolitiye - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Togʻli Qorabogʻda tinchlikparvar operatsiya reytingi

Hududlarning faqat bittasida rossiyalik sapyorlar 30 ga yaqin tankga qarshi minalarni zararsizlantirishdi. Qoidaga koʻra, topilgan oʻq-dorilar maxsus poligonda yoki joyning oʻzida portlatish metodi bilan yoʻq qilinadi. Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Xalqaro minalardan tozalash markazi mutaxassislari murakkab va qizgʻin ishlarga Birlashgan Millatlar Tashkilotining minalarga qarshi faoliyat standartlariga muvofiq ravishda tayyorgarlikdan oʻtganlar. Ular eng soʻnggi ishlab chiqarilgan uskunalar - mina izlovchi IMP-S2, "Uran-6" robototexnika majmualari bilan qurollanganlar. Zamonaviy qidiruv va himoya vositalari Togʻli Qorabogʻda rus harbiy xizmatchilari salomatligi va hayoti uchun xatarlarni kamaytiradi, lekin istisno etmaydi.

Missiyaning murrakab jihati

Zamonaviy lokal va mintaqaviy mojarolar jangovar harakatlarning permanent xarakteri va minalashtirilgan maydonlar, portlovchi tuzoqlar, yoʻl boʻyida joylashtiriladigan bombalar va boshqa "syurprizlar"dan - bevosita operativ zona va unga tutash hududlarda keng qoʻllanilishi bilan ajralib turadi. Taktik jihatdan tekshirilgan, zich, eshelonlashgan mudofaani yaratish uchun koʻp sonli qoʻshin (masalan, yuz kilometrlik front chizigʻida) va resurslarga ega boʻlmagan holda, mojaro ishtirokchilari boʻlinmalar va harbiy texnikani alohida sektorlarga toʻplashadi va "tuynuklarni" minalar maydonlari bilan berkitadilar.

Broshennaya voyennaya texnika na doroge v Nagornom Karabaxe - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Armaniston Togʻli Qorabogʻda qanday harbiy xatolarga yoʻl qoʻydi

Qorabogʻda asosan Sovet davrida ishlab chiqargan minalardan foydalanilgan - bular tanklarga qarshi TM-62, piyodalarga qarshi PMN-2 minalari.

Shu bilan birga, ularning joylashuv xarita-sxemalari shoshilinch ravishda apil-tapil ishlab chiqiladi va keyinchalik koʻpincha yoʻqolib ketadi.

Ehtimolki, yangi minalardan iborat dalalar va "kengaytmalar"ni mojaro tomonlari hech bir muammosiz yoʻq qilishar. Ammo uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan qarama-qarshilik tufayli mintaqadagi barcha mina maydonlari joylashuvi aniq joyini hech kim bilmaydi. 

Jangovar vaziyatda portlamay qolgan yoki jangovar holatda tashlab qoʻyilgan artilleriya snaryadlari bu alohida muammo. Qorabogʻ yerlarida minglab portlovchi predmetlar bor. Shu sababli, Rossiyalik sapyorlarning oʻnlab yillar davomida olib borgan mashaqqatli mehnati, BMT va boshqa gumanitar tashkilotlarning resurslarini faol jalb etilishi - hudud urush holatidan chiqishining minimal shartlaridan sanaladi.

Flag Azerbaydjana - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Togʻli Qorabogʻdagi urush Ozarbayjonning gʻalabasi bilan yakunlandi – Aliyev

Avvalroq, Ozarbayjon hududlarini minalardan tozalash boʻyicha milliy agentligi (ANAMA) rahbari Gazanfar Ahmedov, Qorabogʻdagi Boku nazorati ostiga oʻtgan hududlarning minalardan toʻliq tozalanishi oʻn yildan ortiq vaqtni talab qilishi haqida aytgandi. Suriyada Armanistonning 83 kishidan iborat gumanitar missiyasi 20 gektarga yaqin maydonni 2019 yilning olti oyida minalar, snaryadlar, avia-bombalar va qoʻlbola portlovchi qurilmalardan tozalagan edi. Abxaziya va Janubiy Osetiya hududlarini minalardan tozalash boʻyicha urushdan keyingi koʻp yillik tajriba (bu erda hali ham saperlar qilishi lozim boʻlgan ishlar juda koʻp) ham Qorabogʻda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarning global miqyosini tasdiqlamoqda.

Birlashgan harakatlar

BMTning Minalardan tozalash masalalari boʻyicha xizmati (UNMAS) faqatgina oʻtgan yilning oʻzida 19 mamlakatda (jumladan, Iroq, Afgʻoniston va Suriyada ham) taxminan 495 mln dollar sarflagan. Ehtimol, ushbu mablagʻlarning bir qismi Togʻli Qorabogʻ hududini minalardan tozalashga yoʻnaltirilar.

Kolonna voyennoy texniki rossiyskix mirotvortsev gotovitsya k otpravke v Karabax - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Togʻli Qorabogʻga yetib keldi - video

UNMAS maʼlumotlariga koʻra, missiya bu yerda dekabr boshida joylasha boshlaydi. Mutaxassislar, avvalo togʻ-oʻrmon hududidagi murakkab bir sharoitda amalga oshiriladigan ishlar hajmini baholaydilar. Ehtimol, sapyorlarning xalqaro miqyosdagi hamjihatlikdagi saʼyi-harakatlari qochqinlarning ushbu regionga mojarodan keyingi qaytishini tezlashtirishga imkon beradi.

Shuningdek, BMT Bosh kotibi Antonio Guterishning pozitsiyasi - yaʼni oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi gumanitar tashkilotlarga mojaro oqibatida jabr koʻrgan tinch aholiga yordam berish imkoniyatiga yoʻl ochishini va Togʻli Qorabogʻda Rossiya bilan hamkorlik qilishga va oʻzaro hamkorlikka tayyorligi boʻyicha aytilgan fikrlari ham ancha umidbaxsh koʻrinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala