Qonunsizlik: Rossiya ustidan AQSh razvedka parvozlari kimga kerak

Obuna bo‘lish
Tramp ma’muriyati davrida AQSh xalqaro xavfsizlik tizimidagi bir necha shartnomalardan chiqdi. Bayden jamoasi ularga qaytmoqchi bo‘lsa - bu juda mushkul bo‘ladi.

TOShKENT, 24 noya —Sputnik, Sofya Melnichuk. AQShning Ochiq osmon shartnomasidan (OOSh) chiqish haqidagi ogohlantiruv xatining muddati tugadi. Ustiga ustak Vashington Moskvani “yillar davomida OOShni buzib kelishda” aybladi.

Tramp ma’muriyati mamlakatni eskirib ketgan va “raqiblarga ustunlik berayotgan hamda milliy xavfsizlikka tahdid qilayotgan” shartnomalardan chiqardik deb hisoblaydi. Lekin Bayden jamoasi AQSh osmonini yana ochadi degan umid paydo bo‘lmoqda.

Ishonch bo‘lmasa OOShga o‘rin yo‘q

Oq uyning Moskvaga eng katta da’volaridan biri, bu – ayrim hududlar ustidan uchib o‘tishga qo‘yilgan ta’qiqlar edi. Xususan, Janubiy Osetiya, Abxaziya, Checheniston va Kaliningrad. Bunga javoban AQSh Alyaska va Tinch okeanidagi bir necha orollar ustidan parvoz qilishni ta’qiqlab qo‘yishdi.

 Sentralniy muzey VVS RF v Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
AQSh ishtirok etmasa Ochiq osmon shartnomasining ahamiyati qolmaydi - Pushkov

2002 yilda 35 davlat  tomonidan imzolangan shartnomaga ko‘ra,  ushbu davlatlar bir-birlarining hududlari ustidan razvedka parvozlari amalga oshirishlari mumkin. Bunda jamlangan ma’lumotlar barcha uchun ochiq bo‘ladi. Parvozlarni amalga oshirayotgan samolyotlarda qurol bo‘lmasligi hamda uning bortida nazorat qilinayotgan davlat vakili bo‘lishi kerak.

2019 yilda OOSh doirasida 1,5 mingta parvozlar amalga oshirildi. Ulardan maqsad – nafaqat nazoratni kuchaytirish, balkim bir-biriga  muayan siyosiy signallar berishni ham nazarda tutadi. Xususan 2014-yilda Donbassda qurolli mojaro boshlanganidan so‘ng, AQSh Ukraina sharqida Kiyevni qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida doimiy parvozlar amalga oshirishni yo‘lga qo‘ygan edi.

Nopok o‘yinlar

Kreml ushbu shartnomani o‘zaro ishonch va qurol-yarog‘ ustidan nazorat qilish uchun muhim faktor deb hisoblaydi. AQShning undan chiqishi shartnomaning ahamiyatini yo‘qqa chiqaradi. Lekin Moskva, ma’lum shartlar asosida unga amal qilishda davom etadi.

Politolog Sergey Kozlov - Sputnik O‘zbekiston
Kozlov: AQShning ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishi haqida gapirishga hali erta

Birinchi shart – Yevropa davlatlari razvedka parvozi davomida o‘zlari jamlagan ma’lumotlarni AQShga bermaslikni kafolatlashlari kerak. Ikkinchisi – Rossiya samolyotlari Yevropada joylashgan amerika obyektlarini inspeksiya qilishi mumkin.

Lekin hozircha ushbu davlatlardan hech qanday kafolat olinmadi va Moskvani bunday vaziyat mutlaq qoniqtirmaydi.

“AQSh o‘z ittifoqdoshlaridan Moskva shartlariga rozi bo‘lish va Vashington shartnomadan chiqqanidan so‘ng ham, ma’lumotlarni ularga yuborib turishni talab qilayotgani sir emas, - deydi Venadagi Rossiya harbiy xavfsizlik delegatsiyasi rahbari Konstantin Gavrilov.   — Bu nafaqat OOShni buzish, balkim ushbu shartnoma asosida qandaydir nopok o‘yinlar olib borishdir. OOSh Vashingtonning xalqaro qurol-aslahani nazorat qilish tizimini buzish yo‘lida qo‘yshag navbatdagi qadami bo‘ldi”.

“Bu aqlsizlik”

AQShning OOShdan chiqishi birinchi navbatda uning Yevropadagi ittifoqchilariga ta’sir qiladi. Ular uchun Amerika samolyotlari jamlagan ma’lumotlar juda kerak. Bir qator yevropa davlatlari bu borada o‘z afsuslarini aytishdi. “Biz Rossiya tomonidan ushbu shartnomani bajarishda ayrim qiyinchiliklar bo‘lganini tushunamiz, lekin bizningcha bu shartnomadan chiqishga yetarli asos bo‘lmaydi”, - dedi Germaniya TIV rahbari Xayko Maas.

Prezident SShA Donald Tramp na vstreche s liderami YeS v Brussele, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Dunyo "ochiq osmon" va Tramp ortidan kuzatuv haqida gapirmoqda. O‘zi nima gap?

Fransiya TIVi AQSh Moskva tomonidan shartnoma buzilgani haqida hech qanday dalillar taqdim etmaganini qayd etdi. Ispaniya, Belgiya, Finlyandiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderland, Chexiya va Shvetsiya birgalikda e’lon qilgan bayonotida OOSh “foydali va amal qilayotgan” shartnoma bo‘lib qolishini bildirishgan.

AQShning o‘zida ham bu borada yakdillik yo‘q. Masalan Senatning xalqaro munosabatlar bo‘yicha vakili Robert Mendes Oq uy harakatlarini shunday baholaydi: "Prezident Tramp, saylovda yutqizganidan so‘ng, surbetlarcha qonunlarni mensimagasdan, bir tomonlama siyosiylashgan tartibda shartnomadan chiqdi”, - dedi.  

“Bu aqlsizlik”, - dedi Milliy xavfsizlik agentligi sobiq direktori AQSh Harbiy havo kuchlari generali Maykl Xayden. Ronald Reygen davrida Davlat deparatamenti rahbari bo‘lgan Jordj Shuls va barak Obamaning norasmiy maslahatchisi Semyuel Nann Oq Uyga Ochiq osmon shartnomasini saqlab qolish haqida xab yuborishdi.

Shartnomalar yakuni

Donald Trampning 4-yillik prezidentlik davrida butun dunyo uning qurol-aslaha sohasida nazoratni saqlab qolishdan manfaatdor emasligini tushundi. 2018-yilda u Tehron 2015-yilda imzolangan shartnomaga amal qilmayotganini ro‘kach qilib “Eron yadroy dasturi harakatlari” shartnomasidan chiqishini e’lon qilgan edi.

Rukovoditel fraksii LDPR v Gosudarstvennoy Dume RF Vladimir Jirinovskiy vistupayet na plenarnom zasedanii Gosdumi RF. - Sputnik O‘zbekiston
AQSh ochiq osmon shartnomasidan chiqib urushga yo‘l ochmoqda - Jirinovskiy

Oradan bir yil o‘tib u Reygan va Gorbachev tomonidan imzolangan O‘rta va yaqin masofa raketalari shartnomasidan ham chiqdi.

2020 yilda Oq Uyda 1992-yildan buyon ilk bor yadroviy sinovlar muhokama qilingani ma’lum bo‘ldi. Agar ushbu holat oldinroq  yuz berganida bu AQSh, Rossiya, Xitoy, Britaniya va Fransiya orasida imzolangan shartnomani buzishni anglatgan bo‘lar edi.

2010 yilda imzolangan Strategik hujum qurollari haqidagi shartnoma (SNV-3) taqdiri ham hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda. O‘tgan yili bo‘lib o‘tgan muzokaralarda AQSh Rossiyaga qo‘shimcha shartlar qo‘ydi. Ular orasida bajarib bo‘lmaydiganlari ham bor. Masalan Xitoyni ushbu shartnomaga qo‘shish. SNV-3 muddati kelgusi yil fevralida tugaydi. Ekspertlar uning uzaytirilishi dargumon deb hisoblashadi.

Nima bo‘lganda ham Ochiq Osmon shartnomasi Donald Tramp ma’muriyatining so‘nggi qurboni bo‘ladi deb umid qilamiz. Hozircha Jo Baydenni rasmiy g‘alaba bilan tabriklashga hali erta, lekin uning hukumat boshiga kelishi ehtimoli kun sayin ortib bormoqda.

Yangidan kirish

Ayrim ekspertlar xulosaiga ko‘ra, Bayden OOShga qaytadan kirish masalasini o‘ylab ko‘rishi kerak, lekin buning amalga oshishi amri mahol, deb hisoblaydi NIU VShEning Yevropa va Xalqaro izlanishlar markazi direktori Dmitriy Suslov.

Predvibornoe vistuplenie D. Trampa v Mayami - Sputnik O‘zbekiston
AQSh ochiq osmon shartnomasidan chiqishini e’lon qildi

“AQShda bir necha 10-yillar davomida jamlangan aniq tajriba bor: ular qurollarni nazorat qilish borasida biror shartnomadan chiqsa, unga boshqa qaytib kirmaydi”, - deydi mutaxassis. Ustiga- ustak  OOSh bo‘yicha Rossiyaga Oq uy va Pentagon tomonidan Obama davrilaridan buyon turzi da’volar bildirib kelinayotgan edi.  

Undan tashqari yangi shartnoma Kongressning yuqori palatasi tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak. U yerda aksariyat respublikachilar bo‘lgani uchun, bu yangi muammolar keltirib chiqarishi mumkin.

“Bayden sobiq prezident qarorini bekor qilmoqchi bo‘lsa ham - bu bir qator muammolarga duch kelishi mumkin. Ustiga ustak Tramp ma’muriyati hozir ushbu yo‘nalishda yangi muammolar yaratmoqda: Oq uy Havo kuchlarini kuzatuv parvozlarida foydalanilayotgan samolyotlardan voz kechishni talab qilmoqda”, - deydi PIR markazi konsultanti, Boshqaruv qarorlari qabul qilish markazi katta eksperti Oleg Shakirov.

Visotka na Kotelnicheskoy naberejnoy, Moskovskiy mejdunarodniy delovoy sentr Moskva-Siti i zdanie MID Rossii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya AQShning ochiq osmon bo‘yicha shartnomasidan chiqish istagini qoraladi

Uzoq yillar davomida, respublikachilar bosimi ostida Kongress ushbu samolyotlarni zamonaviylashtirishga mablag‘ ajratmay kelayotgan edi. Ushbu samolyotlarsiz OOShga qaytish ham murakkab bo‘ladi, deb hisoblaydi ekspert.

Ochiq osmon shartnomasiga qarshi bo‘lganlar Bayden jamoasida ham bor. Masalan Maykl Karpenter — tashqi siyosat bo‘yicha sobiq maslahatchi, u ham AQShning ushbu shartnomada ishtirok etishiga qarshi bo‘lgan. Uning fikricha Rossiya OOSh parvozlari orqali amerikaning infratuzilmaviy obyektlariga zarar yetkazish uchun ma’lumot jamlamoqda.  

Umumiy xulosa shundan iboratki, Baydenning asosiy g‘oyasi – Yevropa bilan ishonchli munosabatlar o‘rnatish, deydi Shakirov. Yevropa uchun OOShning muhimligini hisobga olgan holda, AQSh vaqti kelib ushbu shartnomaga qaytishi ham mumkin, - ittifoqdoshlari uchun.

Yangiliklar lentasi
0