Britaniya gazetasi AQSh kemasi tufayli “jahon urushi xavfi” haqida xabar qildi

© U.S. Navy / MC2 Devon Dow Chitat ria.ru vAmerikanskiy esmines Djon Makkeyn
Amerikanskiy esmines Djon Makkeyn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya qirg‘oqlari yaqinida Amerika harbiy kemalarining harakatlari jahon urushigacha bo‘lgan xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin - Daily Express.

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Rossiya qirg‘oqlari yaqinida Amerika harbiy kemalarining harakatlari jahon urushigacha bo‘lgan xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi Daily Express jurnalisti Pol Uiters. RIA Novosti xabariga asosan.

Bolshoy protivolodochniy korabl (BPK) Admiral Panteleyev - Sputnik O‘zbekiston
"Bu Amerikaning ishi emas". siyosatshunos AQShning RF kemalarini kiritmaslik talabi haqida

Maqola muallifining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda AQSh dengiz kuchlari bilan bog‘liq ikkita muhim voqea yuz berdi: xususan, 23-noyabr kuni “Donald Cook” harbiy kemasi NATOning harbiy operatsiyasi doirasida – “dengizda xavfsizlikni ta’minlash" maqsadida Qora dengizga keldi. Kuni kecha esa "John McCain" kemasi Buyuk Potr ko‘rfazidagi Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tdi.

"Uchinchi jahon urushi xavfi Rossiya harbiy kemasi Amerika harbiy kemasini haydab yuborgandan so‘ng yana avj oldi, bu esa Moskvaning ishontirishicha, kema Buyuk Potr ko‘rfazidagi Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tdi", - deyiladi maqolada.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Tinch okean flotining "Admiral Vinogradov" katta kemasi Buyuk Potr ko‘rfazida AQSh harbiy-dengiz kuchlarining "John McCain" esminetsi tomonidan Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasini buzganlik holatini qayd etdi.

Rossiya harbiylari AQSh kemasini haydash uchun taran manevridan foydalanishlari mumkinligi aytildi. Shundan so‘ng "John McCain" kemasi neytral suvga qaytib ketdi.

Yangiliklar lentasi
0