Davlat xizmatchilari yagona portalida ayni damda qanday vakansiyalar bor?

© Sputnik / Aleksandr Demyanchuk / Mediabankka o‘tish"Yarmarka vakansiy"
Yarmarka vakansiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat muassasalaridagi vakansiyalarning yagona ochiq portali ishga tushdi. U yerdan ish topib, hujjatlarni onlayn topshirish mumkin.

TOShKENT, 25 noya - Sputnik. O‘zbekistonda davlat muassasalari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali paydo bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi. 

Portal orqali davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy hokimliklardagi vakant lavozimlarga munosib kadrlarni tanlab olish maqsadida ochiq mustaqil tanlovlar e’lon qilib boriladi, - deyilgan xabarda.

Vakant lavozimlar har kuni e’lon qilib boriladi. Bo‘sh ish o‘rinlariga hujjatlarni elektron shaklda topshirish mumkin. 

Davlat xizmatlari portalida ayni damda quyidagi vakant lavozimlar haqida e’lonlar bor: 

  • Toshkent viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari;
  • Toshkent viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
  • Toshkent viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi 1-toifali iqtisodchi;
  • Mirishkor tumani hokimligi xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha davlat va jamoat tashkilotlari bilan aloqalar bo‘yicha yetakchi mutaxassisi;
  • Dehqonobod tumani hokimligining xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha davlat va jamoat tashkilotlari bilan aloqalar bo‘yicha yetakchi mutaxassisi;
  • Kitob tumani Pensiya va nafaqalar to‘lanishi ustidan monitoring bo‘limi inspektori;
  • G‘uzor tumani hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi.
  • Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sirdaryo tumani bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari;
  • Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Dang‘ara tumani bo‘limi inspektori;
  • Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi bosh inspektori;
  • Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Dang‘ara tumani bo‘limi inspektori.
  • Boyovut tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi davlat mehnat huquq inspektori;
  • Oqoltin tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi davlat mehnat huquq inspektori

va boshqa lavzimlar. Portaladya e’lon qilingan barcha lavozimlar bilan rasmiy telegram kanalida tanishing.

 



Yangiliklar lentasi
0