Farg‘onada dollarfurushlar 17 yashar yigitni talon-taroj qilishdi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishBanknoti nominalom 1 dollar SShA
Banknoti nominalom 1 dollar SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, uddaburro dollarfurush ushlangan. U 22 yoshli Shavkat ismli yigit bo‘lib, u bu ishni shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan "Islom" va "Elor" ismli hamtovoqlari bilan oldindan til biriktirgan holda amalga oshirgani aniqlangan

TOShKENT, 25 noya - Sputnik. Farg‘onalik o‘smir dollarni bank muassasasida almashtirmaslik oqibatida talonchilar hujumiga uchradi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Denejnie kupuri SShA. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar dollarni ko‘proq xarid qila boshladilar

Xabarda aytilishicha, hodisa 19-noyabr kuni kunduzi ro‘y bergan.

17 yoshli Jaloliddin noma’lum shaxslarga - dollarfurushlarga 300 AQSh dollarini so‘mga almashtirib berish iltimosi bilan murojaat qilgan. Dollarfurushlar yigitchaning qo‘liga 150 ming so‘m pul berib, undan 300 AQSh dollarini olib, qolgan pullarni avtomashinadan olib berishini aytishgan va "Spark" avtomashinasiga o‘tirib, qochib ketishgan.  

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, uddaburro dollarfurush ushlangan. Ma’lum bo‘lishicha, u 22 yoshli Shavkat ismli yigit bo‘lib, tergovga qadar tekshiruv jarayonida bu ishni shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan "Islom" va "Elor" ismli hamtovoqlari bilan oldindan til biriktirgan holda amalga oshirgani aniqlangan.

Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Bojxona posti boshlig‘ining uyidan 310 ming dollardan ziyod mablag‘ topildi – bosh prokuror

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Shavkat M., hamda boshqa noma’lum shaxslarga nisbatan Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi  "v" bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Shavkat M., gumon qilinuvchi tariqasida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Shavkatjon M., ning jinoiy sheriklarini shaxsini aniqlash maqsadida, tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0