Tadbirkorlikni rivojlantirishda sustkashlik qilgan tuman hokimlari ishdan bo‘shatiladi

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun katta e’tibor va kreditlar ajratilayotgani, hokimlar va sektor rahbarlari tomonidan "biznes-patronaj" tashkil qilish taklif etildi.

TOShKENT, 25 noya - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tuman hokimlari hisobotlari tinglashda davom etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yil boshida har bir viloyat, tuman hokimlari va sektor rahbarlari oldida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish vazifasi qo‘yilgan edi.  

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlik sohasidagi islohotlar bajarilishini bosh vazir nazorat qiladi

Kecha, 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida tuman hokimlari hisobotlari tinglandi. Ularda qayd etilishiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida 10 oyda 12 mingta doimiy ish o‘rni tashkil etilgan. Natijada “temir daftar”ga kiritilgan ishsiz fuqarolarning qariyb 90 % bandligi ta’minlangan.

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri va Kitob tumani, Navoiy viloyatining Qiziltepa, Uchquduq, Navbahor tumanlari va Zarafshon shahrida ko‘p ish o‘rni yaratilgani qayd etildi.

Shu bilan birga, Yozyovon, Uchtepa, Shofirkon va Bekobod tumanlarida faol tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar tanqid qilindi.

Ish o‘rinlari tashkil etish, tadbirkorlar muammolarini hal qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘zibo‘larchilikka yo‘l qo‘ygan Buxoro, Jondor va Sirdaryo tuman hokimlarini lavozimidan ozod etish masalasi qo‘yildi.

Shu bilan birga, respublika bo‘yicha tadbirkorlik uchun yaratilgan imtiyozlar natijasida 10 oyda 78 mingta korxona tashkil etilgani va pandemiya davrida vaqtincha ishlamay turgan 96 mingta korxona o‘z faoliyatini tiklagani ham qayd etildi.

Shuningdek, joylarda infratuzilmani yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Rivojlanishdan orqada qolayotgan 22 ta tuman uchun investitsiya dasturi doirasida 264 milliard so‘m, boshqa hududlar uchun qo‘shimcha 736 milliard so‘m yo‘naltirilishi qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0