O‘zbekistonda koronavirus: 26-noyabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishProbirki s biomaterialom
Probirki s biomaterialom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yana 62 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 72 289 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Polsha peredala Uzbekistanu gumanitarnuyu pomosh dlya borbi s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Polshadan O‘zbekistonga gumanitar yordam olib kelindi

26 noyabr coat 13:00 ga qadar 62 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 72 289 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: Andijon viloyatida 2 nafar, Qashqadaryo viloyatida 7 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Toshkent viloyatida 41 nafar, Toshkent shahrida 7 nafar koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 69 477 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 206 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

O‘zbekistonda jami 606 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Polshadan yordam

Polsha koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga gumanitar yordam yubordi. Maxsus samolyotda shaxsiy himoya vositalari, dezinfeksiya vositalari, termometrlar va dori-darmonlari olib kelindi. Yukning qiymati 214 ming dollar.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 60,4 milliondan oshdi, 1,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 38,7 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (12,8 mln), Hindistonda (9,3 mln), Braziliyada (6,2 mln).

Yangiliklar lentasi
0