Dunyoda

Qirgʻizistonda rus tilidan rasmiy maqomni olib tashlash taklif qilindi

© Sputnik / Andrey Stenin / Fotobankka oʻtishPamyatnik Leninu na ploщadi goroda Osh v Kirgizii
Pamyatnik Leninu na ploщadi goroda Osh v Kirgizii - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston Konstitutsiyaviy kengashining aʼzosi Sadirdin Toraliyev rus tilidan rasmiy maqom olib tashlashni taklif qildi.

TOSHKENT, 26 noya — Sputnik. Qirgʻiziston Konstitutsiyaviy kengashining aʼzosi Sadirdin Toraliyev rus tilidan rasmiy maqomni olib tashlashni taklif qildi.

Otkrыtiye granitsы mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston 33ta davlatga chegarasini ochdi, Oʻzbekiston ham roʻyxatda

"Bu keskin boʻlib eshitilishi mumkin. Ammo mening taklifim - faqat qirgʻiz tilini davlat tili sifatida qoldirish. Boshqa tillarni boshqa qonunlar bilan rivojlantiramiz", - degan Toraliyevning soʻzlarini keltiradi 24.kg agentligi.

Unga koʻra, yoshlar qirgʻiz tilida gaplashishni toʻxtatdilar.

"Nega ular qirgʻiz tilini oʻrganmaydilar? Chunki bunga ehtiyoj yoʻq. Biz uni yaratishimiz kerak. Shundagina hamma qirgʻiz tilini oʻrganishni va gapirishni boshlaydi", - dedi Toraliyev.

Rus tilining rasmiy maqomi davlat maqomi - qirgʻiz tili bilan bir qatorda Qirgʻiziston Konstitutsiyasida mustahkamlangan.

Qirgʻiziston prezidenti devoni axborot siyosati boʻlimi mudiri Nurgazi Anarqulov Toraliyevning taklifi yuzasidan izoh berdi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.

Amaldorning soʻzlariga koʻra, Toraliyev bayonoti faqat uning shaxsiy fikri sifatida qaralishi kerak.

"Konstitutsiyaviy kengash 80 dan ortiq aʼzoga ega, har kimning oʻz fikri bor. Umid qilamanki, oxir-oqibat ularning barchasi umumiy fikrga keladi, shu sababli bu jamoat arbobining taklifiga butun konstitutsiyaviy yigʻilishning fikri sifatida emas, balki uning shaxsiy fikri sifatida qarash kerak", - dedi Anarqulov.

Uning taʼkidlashicha, bunday takliflar prezident apparatida koʻrib chiqilmayapti va qonunga asosan rus tili rasmiy til maqomiga ega.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala