Migratsiya

Rossiyada xorijiy ishchilarni jalb qilish kvotalari tasdiqlandi

© Foto: AGN «Moskva»GBU «Migratsionnыy tsentr»
GBU «Migratsionnыy tsentr» - Sputnik Oʻzbekiston
Kelgusi yil uchun Rossiyaga viza asosida keladigan xorijiy ishchilarni jalb qilish kvotalari tasdiqlandi.

TOSHKENT, 26 noya — Sputnik. 2021 yil uchun Rossiyaga viza asosida keladigan xorijiy ishchilarni jalb qilish boʻyicha kvotalarni tasdiqlash toʻgʻrisida Rossiya hukumati qarori qabul qilindi. Hujjat huquqiy maʼlumotlar portalida eʼlon qilindi.

Sobrannыy urojay pomidorov  - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rossiyaga Fargʻona viloyatidan pomidor va qalampir olib kirish taʼqiqlandi

Unga koʻra, umumiy kvota 101 871 kishi etib belgilandi.

Hujjatga koʻra, kelgusi yilda togʻ-kon sanoati, qurilish-montaj va taʼmirlash ishlarida ishlaydigan xodimlarga eng yuqori talab boʻladi, mamlakatga 31 625 nafari kutilmoqda.

Metallga ishlov berish va mashinasozlik sanoati ishchilari uchun 11 673 ta ish oʻrinlar ajratildi.

Kichik va yirik sanoat korxonalarining boshqa kasb-hunarlari uchun 16 980 ta, sanoat qurilmalar operatorlari va mashinistlari uchun 7 764 ta ish joyi ajratildi.

Eslatib oʻtamiz, iyun oyida Rossiyada mehnat vizasi orqali kelgan chet elliklar sonini deyarli 40 mingga qisqartirish rejalashtirilgani haqida xabar berilgandi. Oʻsha vaqtda 2020 yilda kvota 144 mingdan ortiq kishiga taqdim etilgan boʻlsa, 2021 yilda bu koʻrsatkich 104 993 kishigacha kamaytirish haqida aytilayotgan edi.

Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Armeniya, Ozarbayjon, Moldova, Qozogʻistondan kelgan xorijiy ishchilar yangi qoidalar taʼsiriga tushmaydi, chunki bu fuqarolar Rossiya Federatsiyasi hududiga vizasiz (lekin mehnat patentlari bilan) kirish huquqiga ega.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala