O‘zbekistonga Kaspiy va Volgabo‘yidan sovuq havo kirib kelmoqda

Obuna bo‘lish
Kelayotgan dam olish kunlarida O‘zbekistonda qor yog‘ib, havo harorati -2 ... +3 daraja sovib ketishi kutilmoqda.

TOShKENT, 26 noya - Sputnik. O‘zbekistonga Kaspiy va Volgabo‘yidan sovuq havo kirib kelmoqda, deb xabar qildi O‘zgidromet". 

27-29 noyabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Volga bo‘yi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. 

28-29 noyabrda barcha joylarda harorat kechalari -5 -10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari - 2 ...+3 darajagacha pasayishi kutilmoqda,- deyilgan xabarda. 

27 noyabrda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kechqurun esa Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylariga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

28 noyabrda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari respublikamiz hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchili bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Yo‘llarda yaxmalak bo‘lishi mumkin.

Shamol tezligi o‘rtacha 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarida 25-27 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0