Yil oxiriga qadar rubl o‘sishi, dollar esa pasayishi kutilmoqda

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishFragmenti banknot nominalom 2000 rubley
Fragmenti banknot nominalom 2000 rubley - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nufuzli banklar va xalqaro investitsion kompaniya tahlilchilari yil oxiriga qadar rubl 3-5%ga o‘sishini dollar esa kelgusi yil boshida sezilarli pasayishini kutishmoqda.

TOShKENT, 27 noya — Sputnik, Natalya Dembinskaya. Noyabr oyida rubl dollarga nisbatan 5 % o‘sib barchani hayratda qoldirdi. So‘nggi 10-yil davomida noyabrda bunday manzara kuzatilmagan edi. Rossiya valyutasi yil davomida undan kutilgan mustahkamlikni oqlamagan bo‘lsada, uning barcha susayish omillari – vaqtincha deb hisoblashmoqda shveysariya banki analitiklari. Vaksina va qimmatlashayotgan neft Rossiya milliy  valyutasini o‘z o‘rniga qaytaradi.

Hech kim kutmaganda - o‘sdi

AQSh saylovlari oldidan rubl kutilmaganda keskin pastlab ketgan edi, lekin biroz o‘tib kuskin o‘sa boshladi. Dollar esa aksincha. Yirik ekspertlar xulosasiga ko‘ra, Baydenning Oq uyga kelishi amerika valyutasi uchun hech qanday yaxshilik olib kelmaydi.

Kupuri nomiralom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 250 ming dona qimmatli qog‘ozlar sotildi

Rubl uchun ushbu noyabr oyi – oldingilariga o‘xshamagan bo‘ldi. 2010-yildan 2019-yilga qadar kuz oylarida Rossiya valyutasi dollarga nisbatan odatda o‘rtacha 3%ga arzonlashar edi. Bu yil esa aksincha bo‘ldi - rubl 5%ga o‘sdi.

Pfizer va Moderna vaksinalarining yuqori samaradorligi haqidagi xabarlar investorlarga optimizm bag‘ishladi va neft narxining o‘sishiga olib keldi. Xususan Brent navi barreliga 48 dollardan oshib ketdi. Bu mart oyidan beri ko‘rsatilgan maksimal natija bo‘ldi.

Shu tariqa riskli aktivlarga investorlar ishtahasi ham ochildi. Odatda bu rivojlanayotgan davlatlarning qimmatli qog‘ozlari bo‘ladi. Bu safar rubl ham ular qatoriga qo‘shildi. QBF tahlilchisi Kseniya Lapshina aytishiga ko‘ra, ayni damda rublga nisbatan dollar kursi 2 hisobida eng past nuqtaga tushgan.

“Neft narxi barreliga 45-50 dollar bo‘lib turgan vaqtda, rublning kutilgan kursi 70-77 atrofida bo‘lishi kutiladi. Demak hozir rubl o‘zining o‘rtacha vazmin holatida”, - deydi "Fridom Finans" savdo operatsiyalari boshqarmasi boshlig‘i Georgiy Vashenko.

Rublning qadri yetarlicha baholanmagan

Rossiya valyutasi  Sharqiy Yevropada eng kuchsiz valyutalarlan biri bo‘ldi. Biroz oldin “bu yil rubl – hammaning hafsalarini pir qilgan valyuta” bo‘ldi, deb qayd etgan edi Credit Suisse banki tahlilchilari. Chunki yil boshidan buyon u dollarga nisbatan 19% qadrsizlandi.

O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlariga qiziqish nega oshdi – Bloomberg javobi

Credit Suisse tahlilchilari xulosasiga ko‘ra, rubl qadrsizlanishiga asosiy sabab – kapitalning mamlkatdan chiqib ketishi, aholi sarmoyalarining tarkibi o‘zgarishi bo‘lgan. Xususan bank depozitlaridan kapital oqib ketishi juda katta bo‘lgan. Shuningdek Navalniy bilan bog‘liq vaziyat, Belarus saylovlari hamda Ozarbayjon va Armaniston mojarosi ham rubl kursiga salbiy ta’sir qilgan.

Lekin, Shveysariya banki xulosasiga ko‘ra, yuqoridagi salbiy omillarning aksariyati – vaqtinchalik xarakterga ega. Asosiy ko‘rsatgichlar bo‘yicha esa – Rossiya valyutasi hali yetarlicha baholanmagan. Xususan, iqtisodiy o‘sish, joriy operatsiyalar hisobi va real foiz stavkalari kabi iqtisodning hal qiluvchi ko‘rsatgichlari bo‘yicha, rublda hali dollar kursi 70-72 rublgacha  o‘sish uchun potensial bor, - deyilgan Credit Suisse xulosasida.

Yil oxiriga qadar dollar kursi 73-74 bo‘lishi – juda real holat, deb hisoblaydi Custodian investitsion kompaniyasi tahlilchisi Andrey Plotnikov. Uning fikriga ko‘ra, ushbu davrga aksariyat yuridik va jismoniy shaxslar soliq to‘laydi, ba’zan buning uchun ular  xorijiy valyutada saqlanayotgan zahiralaridan foydalanadi.

Sotrudniki slujbi elektronnoy razvedki Britanskogo pravitelstva vo vremya maketnogo ssenariya kiberataki - Sputnik O‘zbekiston
Olimpiada-Navalniy janjali: AQSh va Britaniya eng qimmatli narsasini qutqarmoqda

“Rubl, xom-ashyoga bog‘liq valyuta sifatida neft bozorida talab oshishi bilan barobar o‘sib boradi. Vaksina yaratish sohasida erishilgan yutuqlar bilan bir vaqtda kotirovkalar ham o‘sib boradi. Yil oxirga qadar rubl yana 3-5%ga o‘sishi ehtimoli katta deb hisoblaymiz”, - deydi GB CLUB - sarmoyalar klubi asoschilaridan biri Xachatur Gukasan.

Rubl kursi borasida Yevroosiyo rivojlanish banki (YeABR)pronozi – ancha vazmin. - Rublning yetarlicha baholanmagani rost, lekin bu yil uning o‘sishi uchun makon cheklangan, deb hisoblaydi YeABR Tahliliy markazi rahbari Aleksey Kuznetsov.

Global iqtisodning qayta tiklanish istiqbollari hozircha mavhum bo‘lib qolmoqda. Vaziyat yomonlashuvi tomonga qarab ketish ehtimoli katta. Ustiga-ustak Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritish ehtimoli juda yuqori. Shuning uchun yil oxiriga qadar rubl kursi 75-77 oralig‘ida saqlanib qoladi, deb hisoblaydi xalqaro bank mutaxassisi.

Toza varaqdan

Aksariyat tahilichilar xulosasiga ko‘ra, 2021-yilning birinchi kvartalida neft narxi barreliga 55-60 dollargacha chiqadi. U vaqtga kelib keng vaksinatsiya ham boshlanadi. An shunda biz dollar kursi 71-73 rubl bo‘lgadi.

Mitsubishi UFJ Financial Group (MUFG), prognoziga ko‘ra, neft narxi oshishi va dollar kursi tushishni birinchi navbatda neftga bog‘liq valyutalar qo‘llab quvvatlaydi. “Rubl ular orasida eng yaxshisi bo‘lishi mumkin. Neft narxlaridan ancha ortda qolganini hisobga olganda, uning o‘sishi uchun hali joy bor”, - deyishadi MUFG analitiklari.

Schetchik gosudarstvennogo dolga SShA. 2012 god - Sputnik O‘zbekiston
Joriy yildan davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi - MB

Dollarga kelsak, vaksinalarni qo‘llash boshlanganidan so‘ng, dunyo iqtisodiyoti keskin tiklana boshlaydi. Buning natijasida dollar pastga qulaydi. Xuddi shunday vaziyat 2000-yillar boshida sodir bo‘lgan edi. Xitoy Jahon Savdo tashkilotiga kirganidan so‘ng - dolla bir necha yil davomida pastga tushib borgan edi, - deb hisoblaydi Citigroup strateglari.

Sentabr oyidan boshlab, dollarning asosiy 6ta valyutaga nisbatini ko‘rsatuvchi  DXY indeksi -  eng past ko‘rsatgichlarda qolmoqda. Unga Baydenning hukumat boshiga kelishi va yangi iqtisodiy siyosatdan kutishlar bosim o‘tkazmoqda. Eng yirik sarmoya banklaridan biri bo‘lgan Goldman Sachs xulosiga ko‘ra, AQSh demokratlarining "yashil to‘lqini" dollarning oxirgi 2-yildagi eng past kursiga qaytaradi.

Citigroup prognoziga ko‘ra, vaksinalar paydo bo‘lganidan so‘ng dollar 20%ga qulashi mumkin. Bu dunyo iqtisodi uchun hech qanday yaxshi natijalar olib kelmaydi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0