"Mehr-3" operatsiyasi: Oʻzbekiston rasmiy delegatsiyasi Suriyadagi lagerlarga tashrif buyurdi

Uzbekistan prodoljayet rabotat nad vozvraщeniyem svoix grajdan iz Sirii
Uzbekistan prodoljayet rabotat nad  vozvraщeniyem svoix grajdan iz Sirii - Sputnik Oʻzbekiston
BMT ekspertlariga koʻra, Oʻzbekiston oʻz fuqarolarini harbiy mojarolar zonasidan olib chiqish bilan shugʻullanadigan dunyodagi kam sonli davlatlardan biridir. Respublika tajribasi koʻplab boshqa mamlakatlar uchun yaxshi oʻrnak namunasidir.

TOSHKENT, 28 noya - Sputnik. Suriyada amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Oʻzbekiston hukumat delegatsiyasi qurolli toʻqnashuvlar zonasida joylashgan qurdlarning "Al-Xol" va "Roj" lagerlariga tashrif buyurib, u yerda saqlanayotgan Oʻzbekiston fuqarolari bilan ularni Vatanga qaytarish masalasini hal qilish uchun uchrashuvlar oʻtkazdi.

Grajdan Uzbekistana zabrali iz zonы voorujennыx konfliktov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Suriyadan qaytarilgan ona-bolalar sogʻlomlashtirish muassasalarida joylashtirilmoqda

Ushbu tashrif Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan tashkil etilgan boʻlib, ayol va bolalarni qurolli toʻqnashuv zonalaridan olib chiqish boʻyicha bunday avvalgi "Mehr-1" va "Mehr-2" insonparvarlik operatsiyalarining davomi hisoblanadi.

2019 yilda ushbu operatsiyalar doirasida Suriya va Iroqdan 220 nafar oʻzbek ayollari va bolalari Oʻzbekistonga olib kelingan.

Mamlakatdan adashib chiqib ketgan, murakkab kunlarni boshdan kechirgan bu odamlarga, Vatanga qaytib kelganlarida tibbiy, psixologik va maʼnaviy yordam koʻrsatildi va bu ularni tinch hayotga qaytishlariga, jamiyat bilan birlashishiga yordam berdi.

Bugungi kunda "Al-Xol" va "Roj" lagerlariga 100dan ziyod ayollar va (asosan uch yoshgacha boʻlgan) bolalar kelishda davom etishmoqda. Bolalar oralarida yetimlari ham bor. Ular oʻta ogʻir sharoitlarda yashamoqdalar, ichimlik suvi, ovqat va tibbiy yordam olishda muammolarga duch kelishmoqda.

Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston TIV Suriyadan qaytarilganlar haqida: fuqarolarimiz barchasi Oʻzbekiston himoyasida

BMT maʼlumotlariga koʻra, "Al-Xol" va "Roj" lagerlarida 60 mingdan ortiq mahalliy terrorchilar va chet ellik jangarilar, shuningdek 10 mingdan ortiq ayollar va bolalar (ularning aksariyati 12 yoshgacha) bor. Ayollar va bolalar turli sabablarga koʻra, terrorchilar yonida boʻlib qolishgan, ularga turmushga chiqib, farzandlarni dunyoga keltirishgan.

Bu insonparvarlik va terrorizmning oldini olish muammosi boʻlib, uning yechimi uchun BMTga aʼzo davlat javob beradi, shu jumladan oʻz fuqarolari oldida ham. Shu nuqtai nazardan, masʼuliyat bu - odamlarni oʻz vataniga qaytarish, ularni reabilitatsiya qilish va jamiyatga qayta moslashishni tashkil etish demakdir.

BMT vakolatli ekspertlari fikriga koʻra, Oʻzbekiston oʻz fuqarolarini birinchi navbatda, ayollar va bolalarni harbiy mojarolar zonalaridan bilan shugʻullanadigan dunyodagi kam sonli davlatlardan biridir. Shu bilan birga, Toshkent har bir BMTga aʼzo davlat oʻz fuqarolarining taqdiri uchun qayerda boʻlishidan qatʼi nazar, javobgar ekanligini amalda namoyish etadi.

Respublika tajribasi koʻplab boshqa mamlakatlar uchun yaxshi oʻrnak namunasidir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala