Analitika

Qorabogʻdagi turk dronlari yuqori samaradorligi haqidagi afsonalar qanday paydo boʻldi

XXI asrda harbiy harakatlar "ham arzon, ham sifatli" boʻla olmaydi, ammo, zarba dronlari koʻrinishidagi alohida texnologik "fishkalar" ham gʻalaba vaʼda qilmasligi mumkin

Davlatning harbiy jihatdan tashkil etilishi tizimi, jumladan, mudofaa sanoati salohiyati, arsenallar va logistik imkoniyatlar bunda muhim rol oʻynashi mumkin. Qorabogʻ mojarosi, avvalambor, Turkiya Bayraktar TB2 sining havodagi ustunligini emas, balki Armaniston tomonining oʻz kuchlariga ortiqcha baho bergani va yer ustidagi mudofaani yomon tashkil etganligini koʻrsatib berdi.

Situatsiya v Nagornom Karabaxe - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Suriyalik turkmanlar Qorabogʻda: urush maqsadidagi safarbarlikmi yoki katta koʻchish?

Togʻli Qorabogʻda oʻt ochish toʻxtatilgach media-maydonda koʻplab baholovchi materiallar paydo boʻldi, ularning maʼnosini ikkita oddiy gap bilan izohlash mumkin.

- Ozarbayjon ularda turk dronlari boʻlgani tufayli gʻalaba qozondi, Armanistonda esa dron yoʻq edi;

- Rossiya "ogʻir" Havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari zamonaviy "dronlar urushida" foydasiz boʻlib qolmoqda.

Bu singari sodda yondashuv ekspertlarning nisbatan mavhum harbiy-texnik bilimlari, shuningdek, arman jangovar texnikasi va shaxsiy tarkibining ulkan miqdordagi magʻlubiyati namoyishlari bilan izohlanadi. Ammo real holat hamisha bizning u haqdagi tasavvurlarimizdan murakkabroqdir.

Spetsialistы protivominnogo tsentra Minoboronы RF pristupili k rabote v Karabaxe - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Togʻli Qorabogʻni minalardan tozalash istiqbollari

Dunyoda moʻʼjiza boʻlmaydi. Har qanday kino rejissyor gʻoyasi asosida yaratiladi. Ozarbayjon armiyasining Qorabogʻda "Bayraktarlar" va boshqa uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida suratga olingan videosyujetlari avval boshdan dushman jangovar ruhini sindirishga va turk dronlarining jahon qurollar bozorida ilgari surilishiga xizmat qildi. Shu bilan birga, "boʻsh reyslar" va xatolar, havodan hujumga qarshi vositalar va radioelektron kurash vositalari yordamida oʻnlab dronlarning zabt etilishi kadr ortida qoldi.

Jang maydonida jonli kuch va texnika yoʻq qilinishining asosiy instrumentlari bu old qatorda va dushman orqa tomonida metodik harakatlar bilan gektarlarni "haydash" artilleriya qurollari, zalp bilan oʻt ochish reaktiv qurilmalari boʻlib qolmoqda. Qoʻshinlar tarkibida stvol va reaktiv artilleriya dronlarga nisbatan koʻp. Artilleriyaning oʻziga yarasha jangovar qudrati ham oʻlchab boʻlmas darajada koʻpdir.

Karabaxskiy gorod-prizrak: chto utselelo v Agdamskom rayone - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Qorabogʻning arvoh-shahri: Agdam tumanida nima omon qoldi

Misol uchun, narxi 1 mln. $ turuvchi zarb Bayraktar bir koʻtarishda atigi 150 kg oʻq-dorilar zaxirasini koʻtarib, nishonga qadar olib borishi mumkin, bitta zalpda esa byudjet RSZOda - tonnalab oʻta xavfli metallar boʻladi.

Shu tariqa, artilleriya nishonlarni yoʻq qilishning "tannarxini" ancha tushiradi. Harbiy byudjet oʻlchovi kafolatlangan muvaffaqiyat bilan oʻzaro bogʻliq emas. Misol uchun, Pentagonning Afgʻoniston osmonidagi koʻp yillik hukmronligi yerda toliblar ustidan gʻalabaga olib kelmagandi.

Para partish oʻziga ishonch

Toʻgʻri tashkillashtirilgan, eshelonlashgan Havodan hujumga qarshi tizim dushman dronlarining har qanday uyumini neytrallashtira oladi, radioelektron razvedka esa barrajirlovchi oʻq-dorilar bilan jangovar boshqariluvchi punktlar koordinatlarini sanoqli soniyalar ichida taqdim etadi (oʻt zarbasi uchun). Bu orada, Qorabogʻda joylashtirilgan arman qoʻshinlarining yakkalangan PVO tizimlari ishonchli himoyani taʼminlamagan va buning boisi "eskirgan" xarakteristikada ham emas. Bunda xizmat tashkiliy jihati darajasi, tizim mavjud emasligi ham oʻz rolini oʻynagan.

V NKR vsyo spokoyno: RF pomogayet mestnыm jitelyam vozvratitsya k mirnoy jizni - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Qorabogʻda hammayoq tinch: RF mahalliy aholiga tinch hayotga qaytishga yordam bermoqda

Qayd etamiz, "Strela-10" va "Osa-AKM" – bu 1960-yy ZRK boʻlib, baʼzan ular "Bayraktar"larga sakkiz kilometrlik masofada yetisha olmagan. "Tor-M2KM" (yaqin masofadagi) va "Buk-M2E" (oʻrta masofadagi) zamonaviy majmualari esa faqatgina Yerevanni va Metsamor atom elektrostantsiyasini himoya qilgan.

Yana bir muammo - bu yerdagi kamuflyaj vositalariga bepisandlik bilan qarash, alohida harbiy obʼyektlar: "Meni oʻldir!" deya baqirardi goʻyo (bayroq oʻrnatilgan shtab palatkasiga berilgan toʻgʻridan-toʻgʻri zarba bir nechta boʻlinmalarni boshqarib boʻlmaydigan holatga keltirishi mumkin va bu urush maydonidagi yuzlab yoki hatto minglab harbiy xizmatchilardir).

Boshqa tomondan, turk dronlari Qorabogʻdan Armaniston Respublikasining chegara oldi hududlariga "tasodifan" uchib kira boshlaganida, u yerda toʻgʻri tashkillashtirilgan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari va REB dronlarni hech bir muammosiz urib tushirardi.

1994 yildagi harbiy gʻalaba yillar oʻtgani sayin Qorabogʻ yoʻnalishida arman qoʻshinlarining yengilmasligi haqidagi afsonani tobora mustahkamlab bordi. Araks daryosidan tortib Mraqa togʻ tizmasi 100 km li chizigʻida birorta jiddiy qurilma yoʻqligini faqat shu bilan izohlash mumkin. Tepalikda ochilgan okoplar va oʻt ochish nuqtalari - oʻtgan asr boshidagi fortifikatsiya namunalaridir. Uzoq muddatli oʻt nuqtalari (temir betondan) va yer osti kommunikatsiyalari tarmogʻi borasida arman tomoni qaygʻurib ham qoʻygan emas, garchi vaqt keragidan ortiq boʻlgan edi – 25 yildan koʻp boʻldi (Suriyadagi texnik vositalar juda kam boʻlgan holatda qurilgan jangarilar tonellarini eslaymiz). Ushbu fonda 2019 yilda arman bosh vaziri Nikol Pashinyan: «Qorabogʻ – bu Armaniston» deya tan olgan (ammo QMR tan olmagan), mudofaa vaziri David Tonoyan esa "Yangi urush roʻy beradigan taqdirda yangi hududlar" kontseptsiyasini shakllantirgan edi.

Kolonna voyennoy texniki rossiyskix mirotvortsev v Samarskoy oblasti na puti v Nagornыy Karabax - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Turk tinchlikparvar kuchlari Qorabogʻda: kerakmi yoki yoʻq

Armaniston tomonining harbiy salohiyati 27 sentyabrgacha mojaroning Ozarbayjon tomoni harbiy qudratiga bir necha marta yon berdi, ammo raqiblar ish kuchi va texnikada bir xil darajada katta yoʻqotishlarga duch kelishdi. Janubiy yoʻnalishda Ozarbayjon kuchlari bosqichlarning birida oʻzlariga oʻn baravar darajadagi ustunlikni taʼminladilar, ammo bir oy ichida atigi 30-40 km oldinga oʻtdilar. Boku blitskrigi amalga oshmadi. Vaziyatga qaramay, jangovar boshqaruvning markazlashtirilgan tizimidan tashqarida, havodan hujumdan himoyalanmagan holda harakat qilishlari kerak boʻlgan armanistonlik harbiy xizmatchilar va koʻngillilarning yetarlicha qatʼiyatliligi va shaxsiy jasoratiga hurmat bajo keltirmoq lozim.

Suriya va Liviya tajribasi

Rossiya havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari va Turkiya uchuvchisiz uchish qurilmalari oʻrtasidagi jangovar raqobat mavzusiga qaytadigan boʻlsak, Suriya va Liviya havo hududidagi "dronlar yomgʻiri"ni esga olish mumkin - "Tor-M2KM", "Buk-M2E" va "Sosna" zenit-raketa tizimlaridan professional foydalanish natijasida.

Broshennaya voyennaya texnika na doroge v Nagornom Karabaxe - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Armaniston Togʻli Qorabogʻda qanday harbiy xatolarga yoʻl qoʻydi

"Pantsir-S1" ZRPK ham xuddi shunday yuqori samaradorlikni namoyon etgan. Agar ushbu majmualarni Qorabogʻda oʻz vaqtida joylashtirishganida edi, ular turk "Bayraktar"lariga mutlaqo imkon qoldirmagan boʻlardi.

Oʻzingiz xulosa qiling.

ZRK "Tor-M2KM" otish masofasi 15 kmgacha boʻlgan va tutib olish balandligi 10 kmgacha boʻlgan sakkizta raketa bilan jihozlangan. U koʻpam koʻzga tashlanmaydigan nishonlarni topish va ularni urishga (EPR – 0,02 kv. metrgacha) qodir. U bir vaqtning oʻzida 48tagacha nishonlarni aniqlaydi va kuzatadi, toʻrttasini yoʻq qiladi.

"Buk-M2E" ZRKsini maksimal otish masofasi – 45 km. Tutib olish 15 metrdan 25 kilometrgacha boʻlgan masofada amalga oshiriladi. Tezligi 2,5 Max boʻlgan aerodinamik va 4 maxgacha boʻlgan ballistik nishonlarni urib tushirishga qodir.

Bir vaqtning oʻzida 24tagacha nishonlarni oʻqqa tutadi (shu jumladan, 0,05 kv m EPRga ega boʻlgan kam koʻrinishga egalarini ham).

Rossiyskiye mirotvortsы v Nagornom Karabaxe - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Togʻli Qorabogʻdagi tinchlikparvarlik – Rossiya uchun bu qanchalik ogʻir yuk?

ZRK «Sosna» 12 km gacha boʻlgan masofada qanotli raketalar va dronlarni koʻra oladi, zarba berish zonasi: uzoqligi 1,3 - 10 km, balandligi - 2 metrdan 5 km gacha. Oʻt ochishni boshqarish tizimi - optik-elektron – kompleks hech qanday nurlanish bilan oʻzini demaskirovka qilmaydi.

ZRK sutkaning istalgan vaqtida, har qanday ob havo sharoitida ekipaj ishtirokisiz avtomat rejimida ishlashi mumkin. Zarba berish zonasida va yerdagi nishonlar shu jumladan tanklar ham (brneboyniy jangovar qismlari mavjud) tank sakkiz kilometrlik masofada aniqlanadi.

Tinchlikparvarlik operatsiyasi doirasida Rossiya Togʻli Qorabogʻga soʻnggi "Leyer-3" radioelektron kurash tizimlarini joylashtirdi. Uning asosiy vazifalari - GSM mobil signallarni oʻchirish, 3G va 4G tarmoqlarini toʻsib qoʻyish. Majmua bitta KaMAZ va ikki-uchta qoʻllanilish radiusi 120 km boʻlgan (havoda, 5 km balandlikda - 10 soatgacha boʻla oladigan) "Orlan-10" dronlaridan iborat.

Shuningdek, dron telefonlar, planshetlarni aniqlash, razvedka ishlarini olib borish, raqamli xaritaga maʼlumotlarni kiritish, va artilleriya naryadlariga ular shu maʼlumot asosidagi manzilga oʻt ochishi uchun yuborishi mumkin. Qorabogʻ mojarosi yechim topgan emas, u yana muzlatib qoʻyildi va zamonaviy razvedka va havo hujumidan mudofaa tizimlari oʻz ahamiyatini umuman yoʻqotmadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala