Oʻzbekistonda 1 dekabrdan internet-kafelar faoliyatiga ruxsat beriladi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Fotobankka oʻtishFinal Kubka Rossii po kompyuternыm igram 2005
Final Kubka Rossii po kompyuternыm igram 2005 - Sputnik Oʻzbekiston
har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfektsion vositalar bilan tozalash kabi qator sanitariya talablariga rioya qilinishi belgilab qoʻyildi.

TOSHKENT, 28 noya - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, 2020 yilning 1 dekabridan Oʻzbekistonda elektron sportni yanada rivojlantirish maqsadida kompyuter oʻyinlari markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi, deya xabar bergan Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Dalnemagistralnыy shirokofyuzelyajnыy passajirskiy samolet Airbus A350-900 aviakompanii Aeroflot v mejdunarodnom aeroportu Sheremetyevo - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya aviakompaniyalari Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi

Bunda kompyuter oʻyinlari markazlari faoliyatida quyidagi sanitariya-epidemiologik qoidalarga qatʼiy rioya qilinishi belgilab qoʻyildi:

fuqarolarni alohida, bir-biridan ajratilgan holda stollar oraligʻida ijtimoiy masofani taʼminlagan holda joylashtirish;
xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi;

har bir fuqaroning tana haroratini oʻlchab, 37 daraja va undan yuqori boʻlgan, infektsiya alomatlari mavjud holatda hamda tibbiy niqobda boʻlmagan hollarda mijozlarni obʼyektga kiritmaslik choralarini koʻrish;

har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfektsion vositalar bilan tozalash kabi qator sanitariya talablariga rioya qilinishi belgilab qoʻyildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala