Oʻzbekistonda koronavirus: 28 noyabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishVremennыy gospital COVID-19 v avtotsentre "Moskva"
Vremennыy gospital COVID-19 v avtotsentre Moskva  - Sputnik Oʻzbekiston
Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda pandemiya boshlanganidan buyon ayni vaqtgacha 61 milliondan ortiq insonlarda koronavirus qayd etilgan. Qurbonlar soni bir yarim million nafarga yetgan.

TOSHKENT, 28 noya - Sputnik. 28 noyabr coat 20:00 ga qadar Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 72 718 (+71) nafarni tashkil etmoqda, deb xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Devushka vo vremya snegopada v Stambule, Turtsiya  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Koronavirus sovuqda oʻzini qanday tutadi - shifokor javobi

Yangi kasallanish holatlarining barcha 71 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, mamlakatda 69 980 (+121) nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sogʻayish koʻrsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda Oʻzbekistonda 2130 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻzbekistonda koronavirusdan vafot etgan insonlar soni 608 nafarga yetgan.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda pandemiya boshlanganidan buyon ayni vaqtgacha 61 million koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan. Qurbonlar soni bir yarim million nafarga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala