Jamiyat

Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlganlar ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishVыstavka kotyat "KoShariki Shou"
Vыstavka kotyat KoShariki Shou - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda hayvonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlganlarni jinoiy javobgarlikka tortishni taklif qilmoqda. Qonun qabul qilinsa, bunday kimsalar 1 yilgacha qamalishi mumkin.

TOSHKENT, 29 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlarni jinoiy javobgarlikka tortishni taklif etmoqda. Tegishli qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

Jinoyat kodeksi 202-1-modda bilan toʻldirilishi kutilmoqda. Unda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlik uchun javobgarlik belgilanadi.

Ushbu moddaga binoan, hayvonga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, uni qiynash uning oʻlimiga yoxud mayib boʻlishiga olib kelsa:

  • BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima;
  • 240 soatgacha jamoat ishlari;
  • 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
  • 6 oygacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi koʻzda tutiladi.

Oʻsha qilmishlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki ijtimoiy tarmoqlardan foydalanib tarqatgan holda sodir etilgan boʻlsa, ikki yoki undan ortiq hayvonlarga nisbatan yoki voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan boʻlsa yoxud qizil kitobga kiritilgan hayvonlarga nisbatan sodir etilgan boʻlsa:

  • BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima;
  • 360 soatgacha jamoat ishlari;
  • 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
  • 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi koʻzda tutilmoqda.

Itga nisbatan shafqatsizlik qilgan fuqaro jazolandi

Hozirda Oʻzbekistonda hayvonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlganlarga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 111-moddasiga muvofiq chora koʻriladi. Unga koʻra, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish ularning oʻlimiga yoxud mayib boʻlishiga olib kelsa, xuddi shuningdek hayvonlarni qiynash — EKIHning 1 barvaridan 3 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala