Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishVistavka kotat "KoShariki Shou"
Vistavka kotat KoShariki Shou - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarni jinoiy javobgarlikka tortishni taklif qilmoqda. Qonun qabul qilinsa, bunday kimsalar 1-yilgacha qamalishi mumkin.

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarni jinoiy javobgarlikka tortishni taklif etmoqda. Tegishli qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Jinoyat kodeksi 202-1-modda bilan to‘ldirilishi kutilmoqda. Unda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik belgilanadi.

Ushbu moddaga binoan, hayvonga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, uni qiynash uning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa:

  • BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima;
  • 240 soatgacha jamoat ishlari;
  • 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
  • 6 oygacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutiladi.

O‘sha qilmishlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki ijtimoiy tarmoqlardan foydalanib tarqatgan holda sodir etilgan bo‘lsa, ikki yoki undan ortiq hayvonlarga nisbatan yoki voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan bo‘lsa yoxud qizil kitobga kiritilgan hayvonlarga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa:

  • BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima;
  • 360 soatgacha jamoat ishlari;
  • 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
  • 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilmoqda.

Itga nisbatan shafqatsizlik qilgan fuqaro jazolandi

Hozirda O‘zbekistonda hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasiga muvofiq chora ko‘riladi. Unga ko‘ra, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish ularning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa, xuddi shuningdek hayvonlarni qiynash — EKIHning 1 barvaridan 3 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0