Iqtisod

Eksportchi korxonalarga gaz va elektr energiyasi uzluksiz yetkazilishi boʻyicha topshiriq berildi

Bosh vazir oʻrinbosari Sardor Umurzakov eksportchi korxonalarga gaz va elektr energiyasi uzluksiz yetkazilishi boʻyicha topshiriq berdi.

TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Urganch shahridagi studiyadan Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari Sardor Umurzakov rahbarligida eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga koʻra, unda hukumat komissiyasi aʼzolari, vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari, aktsiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, Oʻzbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari jalb etilgan holda investitsiya va eksportning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Lyudi ujinayut bez sveta - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Elektr taʼminotidagi uzilishlarning asosiy sabablari aytildi

Xabarda yozilishicha, tadbirkor va eksportchilar bugungi kunda mavjud investitsiya va eksport salohiyatidan toʻliq foydalanishga toʻsqinlik qiluvchi bir qator tizimli va xususiy tusga ega muammolarga duch kelayotgani aniqlangan.

Ishbilarmonlarni samarali qoʻllab-quvvatlash tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida korxonalarga chiqqan holda tadbirkor va eksportchilar bilan bevosita ishlash zarurligi taʼkidlandi.

Shu munosabat bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda tijorat banklarining xodimlarini hududlarga yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ularning vazifalari etib tadbirkorlarning mavjud muammolarini aniqlash va ularni tezkor hal etish, shuningdek investitsiya loyihalarini amalga oshirish va eksport hajmini koʻpaytirish uchun yangi zaxira va imkoniyatlarni aniqlash belgilandi.

Tadbirda investitsiya va tashqi savdo faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi alohida omillar ham atroflicha oʻrganilib, tegishli rahbarlarga manzilli koʻrsatmalar berildi.

“Xususan, eksportchi korxonalarga gaz va elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berishni taʼminlashga qaratilgan tezkor chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi”, - deyilgan xabarda.

TIV rahbariyati va Oʻzbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlariga alohida koʻrsatmalar berildi. Ular xorijiy ishbilarmon doiralar bilan yaqindan hamkorlik va tashqi bozorlardagi mavjud vaziyatni chuqur tahlil qilish orqali mahalliy eksport mahsulotlari uchun boʻlajak investor va mijozlarini jalb etish maqsadida ish olib borishlari kerak boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala