Hodisalar

Energetika vazirligi Qashqadaryoda ommaviy nobud boʻlgan parrandalar hodisasini oʻrgandi

© Foto: t.me/QashqadaryoruMinisterstvo energetiki provelo analiz prichin gibeli svыshe 5 tыsyach kur na ptitsefabrike v Yakkabagskom rayone Kashkadarinskoy oblasti.
Ministerstvo energetiki provelo analiz prichin gibeli svыshe 5 tыsyach kur na ptitsefabrike v Yakkabagskom rayone Kashkadarinskoy oblasti. - Sputnik Oʻzbekiston
Avvalroq internetda Yakkabogʻ tumanida chiroq oʻchgani sabab 5200 dona parranda nobud boʻlgani haqidagi xabar tarqalgan edi.

TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Energetika vazirligi Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanidagi parrandachilik fabrikasida sodir boʻlgan hodisa sabablarini tahlil qildi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tumanida 3 kun chiroq oʻchganligi sababli tadbirkorning 5 ming donadan ziyod parranda nobud boʻlgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

Aniqlanishicha, “Kumush kuz fayzi” parrandachilik fabrikasi elektrdan faqat binolarni shamollatish uchun foydaladi. Elektr energiyasini yetkazib berish boʻyicha Yakkabogʻ tuman hududiy elektr taʼminoti korxonasi bilan 2020 yil 4 yanvarda tegishli shartnoma tuzilgan. Unga koʻra, elektr taʼminotida uzilish kuzatilgan hollarda tsexning shamollatish tizimi dizel-generatori tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

“Biroq, joriy yilning 19 noyabr kuni generatorning dizel (yozgi) yoqilgʻisi muzlab qolgani, yaʼni ushbu xoʻjalik yurituvchi subʼyekt kuz-qish davriga mos ravishda tayyorgarlik koʻrmaganligi tufayli bu shart bajarilmagan. Natijada, shu kuni soat 14:00 dan 14:30 gacha va soat 17:50 dan 20:10 gacha elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilish davrlarida generator havo haroratining pasayishiga tayyor emasligi tufayli ishga tushirilmagan”, - deyilgan xabarda.

“Ammo bunda oʻzimizning ham kamchiligimiz boʻlgan. Generatorimiz yonilgʻisi sifatsiz boʻlgani sabab muzlagan va yonmagan. Oqibatda parrandalar saqlanadigan binodagi havoni tortib turadigan uskunamiz ishlamay qolgan. Tovuqlarning oʻzidan chiqadigan ammiak gazi toza havoga chiqarilmagani bois parrandalarimiz nobud boʻlgan. Ammo 400 mingdan ortiq tovuqlarimiz bor. Umid qilamizki, bu zararni qoplaymiz”, - deya izoh bergan “Kumush kuz fayzi” MCHJ rahbari Abdunabi Gʻiyosov.  

Shu bilan birga, tadbirkorning soʻzlariga koʻra, u bunga qiziqqan har bir kishiga ushbu holatlar haqida tushuntirib bergan va tovuqlarning halokatidan koʻrilgan zarar elektr taʼminoti korxonasiga tegishli deyilgan maʼlumotlar yuzaga kelganidan hayratda qolgan.

“Xoʻjalik yurituvchi subʼyekt va elektr taʼminoti korxonasi oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar uchun barcha shart-sharoitlar ikki tomon imzolagan shartnoma shartlari bilan taʼminlanganligini qoʻshimcha qilamiz. Shu munosabat bilan har bir hodisa holatlarini koʻrib chiqish zarur va agar berilgan texnik shartlar bajarilgan boʻlsa va hududiy elektr taʼminoti korxonasi tomonidan qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, unda ular zararning tegishli miqdorini qoplaydi. Shu bilan birga, tadbirkor shartnomada nazarda tutilgan shartlarni, shu jumladan yuqorida aytib oʻtilganlarni ham bajarishi shart”, - deya qoʻshimcha qilgan vazirlik.

Energetika vazirligi har qanday hodisalarni noprofessional talqin qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlik toʻgʻrisidagi yolgʻon maʼlumotlarning tarqatishga olib kelishini eslatgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala