Kolumnistlar

Tramp janjal bilan ketmoqda. AQSH Eronga zarba beradimi?

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishAmerikanskiy bombardirovщik B-52
Amerikanskiy bombardirovщik B-52  - Sputnik Oʻzbekiston
Donald Tramp Eronga zarba berishni buyurishi mumkin. Shu sababli Isroil armiyasi ham tayyor turishi kerak. Yaqin Sharqdagi vaziyat tahlilchilari nima deydi.

TOSHKENT, 30 noya —Sputnik. Donald Tramp, agar saylovchilar kollegiyasi Jo Bayden gʻalabasini tan olsa, hukumatni topshirishga tayyor ekanini bildirdi. Lekin baʼzi OAVlar xulosaisga koʻra, Tramp ketishidan oldin Eronga urush ochishi mumkin. Bahona – Eronning “yadroviy dasturi”.  Tehronga bosim oʻtkazishda amerikaliklar Tel-Aviv yordamidan ham foydalanishmoqchi. Bularning hammasi Yaqin Sharqdagi vazyatga qanday taʼsir qiladi, RIA Novosti tahlil qildi.

Tramning ortiqcha qiziqqonligi

Donald Tramp Eronga zarba berishni buyurishi mumkin. Shu sababli Isroil armiyasi ham tayyor turishi kerak. Isroil hukumati Jo Bayden Oq uyga kelganiga qadar vaziyat murakkabligini tushunishi kerak. Tramp bir necha bor Natanzedagi uranni boyitish zavodini yoʻq qilish masalasini koʻtargan edi, deb yozadi AQShning Axios nashri.

Amerikalik milliarder Donald Tramp. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Tramp: AQSH Iroqda urush boshlab, Yaqin Sharqdagi ahvolni zaiflashtirdi

MAGATEning Eron yadroviy dasturi rivojlanayotgani toʻgʻrisidagi hisobotidan soʻng, Tramp Tehronga zarba berishga qaror qilgan edi. Eron SVPD (Yadroviy qurol toʻgʻrisidagi shartnoma) shartnomasidan voz kechganidan soʻng, mamlakatda yuqori boyitilgan (qurol uchun) uran miqdori oshgan. AQSH prezidenti bundan juda gʻazabga kelgan, lekin Mayk Pens va Mayk Pompeo prezidentni “hovuridan tushirishgan” deb yozadi The New York Times gazetasi. Eronga zarba berish ortiqcha zoʻravonlikka olib keladi.

Bu borada amerikaning aniq rejalari haqida hech qanday maʼlumot yoʻq, lekin Isroil ehtimoliy qarama-qarshilik tayyor turish haqida koʻrsatma olganini tasdiqladi. “Javob toʻridan-toʻgʻri boʻlmasdan Eronning Suriya hududidagi qoʻshinlari tomonidan “Gʻazo sektorida yoki Livanda amalga oshirilishi mumkin”, - deyilgan xabarda.  

Urush haqidagi xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin ekanini muhokama qilib turgan bir vaqtda, Eronda fizik-olim Moxsen Faxrizadega suiqasd uyushtirildi. Gʻarbda uni Eron atom bombasining otasi deyishardi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra aynan ushbu olim Eron yadroviy dasturini boshqargan.  Tehron ushbu oʻlimda darhol Isroilni aybladi va qasos olishni vaʼda berdi. Binyamin Netanyaxu eronliklar bayonotiga munosabat bildirmadi.

Urushdan oldingi yugur-yugur

Eronga zarba berish haqida maʼlumotlar tarqalishiga hech kim eʼtibor bermagan boʻlardi, lekin bundan oldin sodir boʻlgan voqealar barchaning vaziyatga jiddiy qarashga chorladi. AQSH Yaqin Sharq hududiga B-52H Stratofortress strategik bombardimonchilarni olib keldi. AQSH Markaziy qoʻmondonligi CENTCOM bayonotiga koʻra, ular ushbu hududga agressiyani jilovlash va ittifoqdoshlarni qoʻllab-quvvatlash uchun olib kelingan.

Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Eron juda katta xato qildi – Tramp

Necha bombardimonchi samolyot olib kelingani va ular qayerda joylashtirilgani haqida Vashington hech narsa xabar qilmagan. Ayrim xabarlarga koʻra, samolyotlar Hind okeanidagi Diyego-Garsiya aviabazasida joylashtirilgan.

Harbiy bazada Eron bilan ehtimoliy urushda foydalanish uchun 6ta bombardimonchi joylashtirilgan. Bir necha oy oldin, eronlik general Qosim Sulaymon oʻldirilganda ham AQSH xuddi shunday qilgan edi.

Oʻsha qotillikdan keyin yil davomida hududdagi amerika obʼyektlariga hujum uyushtirildi, lekin AQSH va Eron orasida toʻgʻridan toʻgʻri toʻqnashuv sodir boʻlmadi. Amerikaliklar hatto oʻz qoʻshinlari sonini kamaytira boshlashdi. Lekin  ayrim Eronga qoʻshni boʻlgan davlatlar bundan xavotirga tushdi. Ularning fikricha AQSH kuchlari hududda xavfsizlikni saqlab turishgan edi.

Muzokaralar – ochiq va yashirin  

Eronning Yaqin Sharqda oʻsib borayotgan nufuzi birinchi nafbatda Isroilni xavotirga solmoqda. Qishdagi AQSH-Eron mojarosidan soʻng Isroilni vahima bosdi. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu xulosasiga koʻra, Tehron nafaqat Amerikadan balkim Isroildan ham qasos olmoqchi. Bunday vaziyatda u oldindan zarba berishini maʼlum qildi.

Vid goroda Er-Riyad - stolitsы Saudovskoy Aravii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
OAV: amerikalik diplomatlar Saudiya Arabistonini tark etadi

Eronning Yaqin Sharqdagi taʼsirini kamaytirishga Arab davlatlari podshohlari ham harakat qilishmoqda. Saddam Xusayinning oʻlimidan soʻng Eron hududda  yetakchilikni qoʻlga kiritishga harakat qildi. Arablar bundan xavotirga tushib qolishdi, shiyalar rejimi sunniylar anʼanalariga mos kelmas edi.

Eronning huddudagi mavqeini ushlab turish uchun arablar 2000 yillar oʻrtasida Isroil bilan norasmiy kelishuvlar olib borishdi. Falastin muammosi xalal bersada, tomonlar Eronga nisbatan oʻz harakatlarini muvofiqlashtirishga kelishib olishdi.

Bunday kelishuv mavjudligini Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Iordaniya Isroil samolyotlari uchun oʻz osmonini ochishga tayyorligidan bilib olsa boʻladi.

Donald Tramp  va uning Eronga qarshi boʻlgan siyosati arab-isroil aloqalarini kuchaytirgan. Tramp hukumat tepasiga kelganda Yaqin Sharqning barcha muammolarini “Asr bitimi” yordamida hal qilishini vaʼda bergan edi. Bitim asosida “ikki xalq uchun ikki alohida davlat tashkil qilish” gʻoyasi yotardi. Dunyo xaritalarida Isroil bilan birga Falastin davlati ham paydo boʻlardi.

Vizit gossekretarya SSHA M. Pompeo v Minsk - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Maxfiy tashrif: Mayk Pompeo Afgʻonistonga keldi - OAV

Bu tashabbus arab dunyosida koʻpchillik tomonidan qoʻllab-quvvatlanmadi, lekin fors koʻrfazi hukumdorlari hulosasiga koʻra, “Yaqin Sharqni” qayta yuklash imkonini berdi. Sentyabr oyida BAA va Bahrayn AQSH koʻmagida Isroil bilan diplomatik munosabatlarni tiklashga muvaffaq boʻlishdi. Bunda ushbu hamkorlik Eronga qarshi qaratilganini hech kim yashirib ham oʻtirmadi.

Saudiya Arabistoni oʻzini arab dunyosining yetakchisi sifatida namoyish qilib Isroil bilan masofa saqlab kelardi. Ikki davlat orasida norasmiy munosabatlar borligi haqida barcha bilardi, lekin oliy darajadagi muloqotni hech kim kutmagan edi. Ar-Riyod har doimgidek Falastin muammosi hal boʻlmagunicha Tel-Aviv bilan munosabatlar haqida gap ham boʻlishi mumkin emas deb bayonot berib kelardi. Lekin bu safar boshqacha boʻldi.

Yaqinda Netanyaxu Saudiyaning Neom shahriga xufiya safar amalga oshirib voris shahzoda Muxammad bin Salman bilan muzokaralar oʻtkazgani maʼlum boʻldi. Yangilik bir zumda sensatsiyaga aylandi, lekin muzokara mavzulari haqida hech narsa eʼlon qilinmadi.  Ekspertlar Eron – markaziy mavzu boʻlganini xulosa qilishdi.

Ar-Riyod dastlab ushbu suhbatni toʻliq inkor qilib keldi. Lekin Tel-Aviva ham izoh berishdan bosh tortganidan soʻng, - aksariyat uchun uchrashuv aslida boʻlib oʻtgani aniq boʻldi. Kuzatuvchilar, shuningdek, muzokaralar aynan AQSH davlat kotibi turnesidan soʻng boʻlib oʻtganiga ham eʼtibor qaratishdi. Bu Mayk Pompeoning hududdagi hamkorlarini birlashtirish va Eron xavfiga birgalikda qarshi turishga boʻlgan navbatdagi urinishi edi.

“Oʻzingizdan keyin alyans qoldiring”

Isroil Eron bilan toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashuvni istamaydi. Lekin yashirin dushmanlik ikki tarafdan ham davom etmoqda. Islom Respublikasi Suriyada, Isroil chegarasi atrofida oʻz kuchlari sonini oshirib borayotgan bir vaqtda, yana bir qoʻshni – Livan – deyarli Eronning  vassaliga aylangan. Tehron Gʻazo sektoriga jiddiy taʼsir oʻtkazmoqda. XAMASni moliyalashtirmoqda. Xullas, Eron Isroilning barcha muxolifatlarida ishtirok etmoqda, deydi Isroil knesseti sobiq deputati Kseniya Svetlova.

Tramp o peredannыx TSRU razveddannыx RF dlya predotvraщeniya terakta v Sankt-Peterburge - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
"Yuqori darajadagi" telbalik: Tramp Eron bilan kelishuvni bekor qilib nimaga erishdi

Netanyaxuning Saudiya Arabistoniga boʻlgan tashrifini AQShda hukumat almashishi negizida ham tahlil qilish mumkin.

“Amerikada hukumat boshiga kelayotgan har qanday yangi maʼmuriyat Yaqin Sharqqa munosabatini korrektirovka qiladi. Netanyaxu va bin Salman, ehtimol, AQSH Bayden davrida Eronga qarshi harakatlar muvofiqligini qanday saqlab qolish maslasini muhokama qilishgandir. Demokrat-prezident bunday hamkorlikka qarshi boʻlmaydi, albatta. AQSH Obama davridan boshlab hududdan ketishga taraddud koʻrmoqda. Ular oʻzlaridan soʻng Eronga qarshi hech boʻlmasa arab-isroil alyansini qoldirib ketishmoqchi", — deydi Svetlova.

Tramp xatosining belgilari

MGIMO Xalqaro izlanishlar instituti tahlilchisi Adlan Margoyev fikricha, Tehron arab-isroil hamkorligidan xabardor va bu Falastinning sotqinligi sababli  sodir boʻlgan. Eron hukumati bir tomondan Saudiya Arabistoni, BAA va Bahraynning Isroil bilan aloqalarini qoralasa-da, lekin qarama-qarshilikni keskinlashtirishdan manfaatdor emas.

Margoyev xulosasiga koʻra, Tehron AQShda hukumat oʻzgarganidan soʻng, Eronga qarshi munosabati  yumashishdan umidvor. “Eron hukumati Baydendan Tramp xatolarini tan olishni va SVPDni qayta jonlantirishni soʻramoqda. Demokratlar buni ekspertlar darajasida muhokama qilshmoqda, lekin amalda bu juda mushkul. Buni qanday amalga oshirishni hech kim bilmaydi.

Flag Irana - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Eron Tramp ketgandan soʻng qoʻshni mamlakatlarga hamkorlik qilishni taklif qildi

Masalan, Eron sanktsiyalarni bekor qilishni soʻramoqda, lekin u holda Tehron SVPD shartlariga amal qilayotganini tasdiqlash kerak boʻladi. Tehron taʼkidlashishga koʻra – AQSH undan chiqqani tufayli yadroviy bitim toʻliq bajarilayotgani yoʻq. U paralel ravishda ishlashi uchun SVPDni qandaydir yoʻl bilan amalga qaytarish kerak – hozircha bu ochiq masala”, - deydi ekspert.

Magoyev xulosasiga koʻra, Baydenga Tramp qarorlarini bekor qilish oson boʻlmaydi. Ketayotgan maʼmuriyat Eron siyosatini faqat qoralab, tuzilgan yadroviy bitimni chipakka chiqargan edi, lekin vaziyat qurolli toʻqnashuvga qadar yetib bormasligiga – ekspertning ishonchi komil.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala