Dunyoda

Yaponiya ustidan uchib oʻtgan ulkan yulduz aholini qoʻrqitib yubordi - video

© AFP / NASAPadeniye meteorita
Padeniye meteorita - Sputnik Oʻzbekiston
Yaponiya ustidan uchib oʻtgan olovli shar yoki juda yorqin yulduz aholini qoʻrqitib yubordi. Mie va Ayti prefekturalarida oʻrnatilgan kameralar bu hodisani qayd etdi.

TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Yaponiya ustidan uchib oʻtgan olovli shar yoki juda yorqin yulduz aholini qoʻrqitib yubordi. Bu haqda NHK telekanali xabar qildi.

Parvoz 29 noyabrga oʻtar kechasi mamlakatning gʻarbiy qismida tasvirga olingan. Mie va Ayti prefekturalarida oʻrnatilgan kameralar bu hodisani qayd etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yaponiyaliklar taʼkidlashicha, yulduz parvozi vaqtida baland shovqin eshitilgan.

Hyogo prefekturasidagi Akashi planetariy direktori Takesi Inouening soʻzlariga koʻra, yorqinligi Veneradan yuqori boʻlgan boʻlgan yulduz - juda kam uchraydi. Olim yulduzning soʻnggi chaqnashini toʻlin oy bilan taqqoslash mumkin, deb hisoblaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala