Dunyoda

Aliyev Frantsiyaga Marselni “armanlarga berishni” taklif qildi

© AZƏRTACPrezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posle pobedы na vыborax
Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posle pobedы na vыborax - Sputnik Oʻzbekiston
Agar ular sizlarga shunchalik maʼqul boʻlsa, ularga Marsel shahrini bering, lekin bizning ishimizga aralashmang, dedi Aliyev.

TOSHKENT, 1 dek – Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Frantsiya parlamentiga  ushbu mamlakatda yashayotgan armanlarga Marsel shahrini berishni va u yerda ular uchun alohida davlat “tashkil qilishni” taklif qildi.

“Bu yerdan bir necha ming kilometr masofada joylashgan davlat qandaydir qonunlar qabul qilishga, parlamentda ushbu masalani muhokama qilishga nima haqqi bor? Frantsiya necha yildan buyon Minsk guruhiga rais boʻldi? Ushbu muammoni hal qilish uchun oʻzi biror amaliy ish qilganmi? Endi esa, masala hal boʻlganidan keyin, nima boʻlayapti? Frantsiya Senati Togʻli Qorabogʻ tan olingani haqida rezolyutsiya qabul qilayapti. Agar ular sizlarga shunchalik maʼqul boʻlsa, men urush vaqtida ham aytganman, ularga Marsel shahrini bering. Uning nomining oʻzgartiring, u yerda ikkinchi davlat tashkil qiling. Lekin bizning ishimizga aralashmang”, - dedi Aliyev oʻz xalqiga boʻlgan murojaatida.

Aliyev aytishiga qaraganda “Togʻli Qorabogʻ mojarosi” termini - oʻtmishda qolgan. Eni bu iborani faqat oʻtmish haqida gapirganda ishlatish mumkin, dedi Ozarbayjon prezidenti.

Biroz oldin Frantsiya senati oʻz hukumatiga talabnoma yuborgan edi. Unda Frantsiya tomonidan Togʻli Qorabogʻni tan olish va Ozarbayjon qoʻshinlarini hududdan olib chiqish talabi qoʻyilgan. Frantsiya TIV kotibi Jan-Batist Lemuan esa matbuot anjumani davomida TQRni Frantsiya tomonidan bir tomonlama tan olinishi – hech kimga foyda keltirmasligini va tinchilk oʻrnatishga xalal berishini bildirgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Togʻli Qorabogʻ mojarosi Rossiya, Ozarbayjon va Armanistonning uch tomonlama kelishuviga asosan 10 noyabrda toʻxtatilgan edi. Shundan soʻng hududga Rossiya tinchlikparvar kuchlari kiritilgan va kelishilgan holda Agdam, Kelbadjar va Lachin hududlari Ozarbayjon ixtiyoriga berilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala