Eron urush boshlamaydi, lekin Isroil baribir mag‘lub bo‘ladi

© AFP/ ATTA KENAREAvtomobili proyezjayut mimo plakata s izobrajeniyem uchenogo-yadershika Moxsena Faxrizade v Tegerane, Iran
Avtomobili proyezjayut mimo plakata s izobrajeniyem uchenogo-yadershika Moxsena Faxrizade v Tegerane, Iran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi dunyoda terorchi davlat kim? Nega hech kim uni terrorchilar ro‘yxatiga qo‘shmaydi yoki sanksiyalar kiritmaydi?

Agar biror davlat boshqa davlatlar hududida teraktlar uyushtirsa, unga ma’qul bo‘lmagan kishilarni o‘ldirsa, uning armiyasi kutilmaganda boshqa davlat hududiga bostirib kirsa, u kim deb ataladi? Terorchi davlat, albatta. Agar uning qo‘lida atom bombasi bo‘lsa-chi? Atom bombasi bor terrorchi davlat. Bunday davlatga jazo berish kerakmi? Albatta – to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishning iloji bo‘lmasa, xalqaro sanksiyalar bilan, terrorchilar ro‘yxatiga qo‘shish bilan. Axir terrorchilik insoniyatning asosiy dushmani-ku. Nima bo‘lganda ham bizga salkam 20-yildan buyon (AQSh 09.11 voqealaridan so‘ng) shunday deb kelishmoqda.

Lekin biror kim Isroil yoki AQShni terrorchi deb ko‘rsinchi, darhol unga “amerikafob va antisemit” tamg‘asi bosiladi. Chunki siz Isroilning “o‘z dushmanlarini qayerda bo‘lmasin va qachon bo‘lmasin o‘ldirish huqiqiga” qarshi chiqmoqdasiz.

© REUTERS / WANA/Khodabakhsh MalmirYadro-fizikasi olimi Moxsen Faxrizodaning dafn marosimi
Eron urush boshlamaydi, lekin Isroil baribir mag‘lub bo‘ladi - Sputnik O‘zbekiston
Yadro-fizikasi olimi Moxsen Faxrizodaning dafn marosimi

Ha. Gap o‘tgan haftada eron yadrochi olimi Muhsin Farizodaning o‘limi haqida ketmoqda. Uni Tehron yaqinida terakt oqibatida o‘ldirishdi. Isroil ushbu voqeaga izoh berishdan bosh tortgan bo‘lsa-da, dunyoda ushbu qotillik ortida Isroil maxsus xizmatlari turganiga shubha qilmaydi, chunki ushbu davlat Eronning bir necha yadroviy fizika olimlarini o‘ldirgan va Faxrizodaga ham bir necha bor suiqasd uyushtirgan edi.

Lekin Eron ushbu qotillik uchun qasos olishiga hech kim ishonmaydi. Chunki yil boshida amerikaliklar Bog‘dod yaqinida general Qosim Sulaymoniyni o‘ldirishganida ham Eronning qasosi unchalik kuchli bo‘lmagan edi. Ular Iroqdagi AQSh bazasiga hujum qilishdi, lekin harbiylar uni tark etishgan edi. Buni tushunish uchun Eronga yaxshiroq nazar tashlash kerak.

© AFP 2023 / TAUSEEF MUSTAFAQosim Sulaymoni o‘ldirilishiga qarshi namoyish
Eron urush boshlamaydi, lekin Isroil baribir mag‘lub bo‘ladi - Sputnik O‘zbekiston
Qosim Sulaymoni o‘ldirilishiga qarshi namoyish

Bir necha o‘nlab yillar davomida Eron G‘arb va Isroilga qarshi ma’naviy kurash olib bormoqda. Islom revolyutsiyasidan so‘ng Eronda – saylov demokratiyasiga asoslangan teokratiya tuzimi o‘rnatilgan edi. (teokratiya – dunyoviy va diniy hukumat mujassamlashgan davlat tuzimi).

SSSR va kommunizm tizimi qulaganidan so‘ng, dunyoda g‘arb hayot tarzi va iste’molchilik roli keskin oshdi. 1990-yillardan so‘ng G‘arbiy globalizm va texnokratiyaga qarshi yagona alternativ mafkura – Eronning islomiy davlat va jamiyat modeli bo‘lib qoldi. Albatta. Har qanday buyuk qadimiy xalqlarda bo‘lgani kabi, eronliklarda insoniyatni qutqarib qoluvchi “xalaskorlik” hissi bor.

Seremoniya proshaniya s iranskim uchenim-yadershikom Moxsenom Faxrizade v Tegerane - Sputnik O‘zbekiston
Eron yadroshunos olimi kosmosdan boshqarilgan qurol yordamida o‘ldirildi - Al-Alam

Eronliklar musulmonlikning kam sonli hisoblangan shia mazhabiga mansub bo‘lsada – ularning barcha maqsadlari umumislomiydir. Islom dini bugungi kunda dunyoda 1,5 – 2 milliard musulmonlarni birlashtirgan.

Atlantika davlatlari globalistlari uchun islomiy jamiyatlar juda noqulay, chunki ular an’anaviy qadriyatlarga asoslangan bo‘lib, ularni “faqat iste’mol va hayot zavqlariga” yo‘naltirishning iloji yo‘q.

Albatta, islom dunyosi ko‘plab bo‘laklarga bo‘lingan, siyosiy jihatdan islomning ichki mazhablari jihatidan ham. Ularni o‘zaro urishtirib yoki ular orasida boshqarish mumkin bo‘lgan kuchlar tarbiyalash yo‘li bilan ularni boshqarish mumkin. G‘arb so‘nggi bir necha yillar davomida aynan shu ish bilan shug‘ullanib kelmoqda, ularning asosiy maqsadi islomiy davlatlar orasida barchani o‘z ortidan boshlashi mumkin bo‘lgan yagona lider paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik.  

Eron bo‘lsa, nafaqat o‘z mustaqilligi uchun, balkim islomga qarshi uyushtirilayotgan fitnalarga qarshi turish uchun barcha musulmonlarni birlashtirish uchun harakat qilmoqda. Eronning G‘arbga qarshi kurash timsoli bu – Iyerusalim shahri uchun kurashdir. G‘arb va Isroil bir necha yil oldin uni musulmonlardan tortib olgan edi. Marhum general Sulaymoniy qo‘mondonlik qilgan harbiy bo‘linma bekorga "Al-Quds" (Quddus) deyilmagan. Bu Iyerusalimning oldingi arabcha nomidir.

Flag Irana - Sputnik O‘zbekiston
Eron Tramp ketgandan so‘ng qo‘shni mamlakatlarga hamkorlik qilishni taklif qildi

Mana 50-yildan ortiq vaqt davomida Isroil Sharqiy Falastinni egallab olgan va uni BMTning har qanday sanksiyalariga qaramasdan uni bo‘shatishdan voz kechmoqda. Agar Isroil “kuch kimda bo‘lsa o‘sha haq” degani bo‘lsa, unda Isroil raqibning qarshiligiga va hayron bo‘lmasligi kerak.

Anglosaks OAVlari Eron “Hizbulloh”ni qo‘llab quvvatlamoqda, deb jar solsa, ularsha bir narsani tayin aytish kerak. Hizbulloh –  bu qurollangan terrorchilar guruhi, yoki partiya emas. Bu qo‘shni Livan davlatining shia musulmonlaridan iborat ko‘ngillilar tashkiloti. Unga mamlakatning aksariyat aholisi a’zo bo‘lgan. Faqat davlat boshqaruvida ularning vakillari yo‘q. Eron nafaqat Hizbullohdagi shialarni balkim Falastindagi sunniylarni ham qo‘llab quvvatlamoqda. Isroilning bosqinchiligiga bundan boshqa yana qanday javob berish kerak? Musulmonlar Al-Quddus va Al-Aqso masjidlarini shunday berishadi deb o‘ylash xato bo‘ladi.

Bunga javoban AQSh va Isroil har qadamda Eronni yomonlab, uni terrorchiga chiqarishmoqda. Uni terrorchilarni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yishgan, unga qarshi xalqaro sanksiyalar kiritishmoqda. Nima sababdan xalqaro deysizmi? Chunki ular “Eron atom bombasi yasamoqda”  deb butun dunyoni qo‘rqitib olishgan. Isroil bo‘lsa, 2003-yilda AQSh Iroqqa hujum qilganidan so‘ng bir necha barobar AQSh-Eron urushini boshlashga, hech bo‘lmasa AQSh kuchlari Eronga zarba berishi uchun turli ig‘volar tashkil qilishda charchamayapti.

Prezident Fransii Emmanuel Makron v meditsinskoy maske - Sputnik O‘zbekiston
Eron gazetalaridan biri Makronni iblis qiyofasida tasvirladi

Eron bo‘lsa bir necha yildan buyon butun dunyoga atom bombasi yaratish niyatida emasligini aytib kelmoqda. Ayatolla Homayni 2013-yilda “yadroviy qurol islomga muvofiq emas”, deb fatvo chiqargan edi.  

Lekin Eron baribir sanksiyalar ostida yashashga majbu bo‘lmoqda. Ular nafaqat qurol-yarog‘ balkim neft savdosi va iqtisodning boshqa sohalariga ham taaluqli bo‘lib qolmoqda. Lekin cheklovlarga qaramasdan Eron qo‘shni Livanda o‘z pozitsiyalarini kuchaytirib, Suriyaga yordam berish uchun qo‘shinlar yubordi.

2015 yilda Rossiya yordami bilan Eron yadroviy dasturi imzolangan edi. Eron sanksiyalardan ozod bo‘lishiga bir bahya qolgandi, Iroil Trampni gij-gijlab AQShni ushbu shartnomadan chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Yanvarda era Tramp Sulaymoniyni o‘ldirishga buyruq berdi. Ushbu qotillik – aslida butun dunyoga juda qimmatga tushishi mumkin bo‘lgan provokatsiya edi.

Eron AQSh va Isroil kabi o‘zini “beaql” tutganida, genreral o‘limi uchun qasos olishga kirishardi va yangi jahon urushi boshlanishi mumkin edi. Lekin Eronda yuqoridjagi ikki davlat kabi “jazosizlik” hissi yo‘q va asosiysi, unda – uzoq muddatli strategiya bor: Eron kelajakda islom dunyoning yetakchisiga aylanishi mumkin.

Nega deganda, G‘arb – Yaqin Sharqdan baribir ketadi. Ularga do‘st tutingan badavlat arab davlatlari rahbarlari esa o‘zlarning hayot tarzi, amerikaliklar “nog‘orasi ostida o‘ynashi”  bilan – o‘z xalqlari va boshqa musulmonlar orasida hurmatini yo‘qotib bo‘lgan. Ulardan hech biri Al-Quddus uchun kurashayotgani yo‘q.

Prezidenti Rossii, Tursii i Irana Vladimir Putin, Redjep Tayip Erdogan i Xasan Ruxani na sovmestnoy press-konferensii v Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya, Eron va Turkiya Suriya neftining noqonuniy bosib olinishini ma’qullamaydi

Erondan boshqa faqat Turkiya prezidenti bugungi kunda umumislomiy qadriyatlar haqida gapirmoqda. Lekin Amerika va G‘arb Turkiyani osongina yengish mumkin deb hisoblaydi. Ularning fikricha u yerda prezidentni almashtirsa – ish bitadi. Shu sababli ular Turkiyada davlat to‘ntarish va saylov uyushtirishga harakat qilishmoqda. Eron esa – o‘nta prezident almashsa ham o‘z yo‘lidan qaytmaydi. Shu sabab u yerda Sulaymoni va Faxrizade kabi kishilarni o‘ldirishmoqda.

Lekin Faxrizodaning o‘ldirilishi ham hech narsani o‘zgartirmaydi. Uning o‘rniga boshqasi keladi va uning ishini davom ettiradi. Eron raketa dasturlarini rivojlantirishda davom etadi. Demak Eronda bir kun kelib atom bombasi baribir yaratiladi.

Undan ushbu qotillikdan qanday foyda? Aslida bu haqiqiy provokatsiya. Isroil Eron ushbuga javoban biror hujum uyushtirishini juda ham xohlamoqda. Agar shunday bo‘lsa AQShning Eronga javob zarbasi oqlangan bo‘ladi. Netanyaxu mana 15-yildan buyon AQShni ana shunday zarbaga gij-gijlab kelmoqda. Lekin bu safar ham uning rejalari amalga oshmaydi.

Birinchidan, Eron bu ig‘vo ekanini juda yaxshi tushunib turibdi. Ikkinchidan, Tramp Yaqin Sharqdan qo‘shinlarni olib chiqishga va umuman AQSh aralash bo‘lgan harbiy mojarolar sonini kamaytirishni va’da bergan. Undan tashqari AQShning boshqa yirik siyosatchilari, masalan, sobiq vitse-prezident Dik Cheyni, ham Eronga zarba berish – Armageddon boshlanishi ekanini yaxshi tushunishadi.

Eronga hujum – Yaqin Sharqda katta urush boshlanishiga olib keladi va ushbu urushda barcha, jumladan uning boshlanishiga sababchi bo‘lganlar ham kuyib kul bo‘lishi aniq.

Eron esa o‘z yo‘lidan to‘g‘ri ketishda – islom dunyosida Falastin va Al-Quddus uchun kurashayotgan kuchlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Ertami kechmi Isroil okean ortidagi do‘stidan mahrum bo‘ladi va bu jang uning mag‘lubiyati bilan tugaydi.

Uni atom bombasi emas – nohaqlik o‘ldiradi.

Yangiliklar lentasi
0