Eron yadroshunos olimi kosmosdan boshqarilgan qurol yordamida o‘ldirildi - Al-Alam

© REUTERS / WANA/Khodabakhsh MalmirSeremoniya proshaniya s iranskim uchenim-yadershikom Moxsenom Faxrizade v Tegerane
Seremoniya proshaniya s iranskim uchenim-yadershikom Moxsenom Faxrizade v Tegerane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron yadroshunos-fizik olimi Muhsin Faxrizoda kosmosdan boshqariladigan qurol yordamida o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin - Al-Alam telekanali.

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Eron yadroshunos-fizik olimi Muhsin Faxrizoda kosmosdan boshqariladigan qurol yordamida o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti Al-Alam telekanaliga asosan xabar qildi.

Mesto ubiystva uchenogo-yadershika Moxsena Faxrizade  v Irane - Sputnik O‘zbekiston
Eron yadroshunos-fizik olimga suiqasd tashkilotchilarini aniqladi
"qotillikni amalga oshirish uchun qo‘llanilgan qurol, Isroilda ishlab chiqarilgan - sun’iy yo‘ldosh orqali boshqarilgan", - dedi telekanal manbasi.

Eron OAV yozganidek, 27-noyabr kuni kunduzi Faxrizoda mashinasi Tehron viloyatidagi Absard aholi punktida harakatlanayotgan edi. Hujum oqibatida olimning tan soqchilardan biri jarohat olgan. Faxrizodaning o‘zi kasalxonaga vertolotda olib kelindi, ammo uni qutqarishning iloji bo‘lmadi.

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif OAVlarda Eronning raketa dasturini asoschilaridan biri deb aytilayotgan, yadroshunos-fizik olimning o‘ldirilishini keskin qoraladi.

Diplomat bu voqeada Isroil maxsus xizmatlarining aloqadorligini ta’kidladi, shuningdek, xalqaro hamjamiyatni, xususan, Yevropa Ittifoqini ikki tomonlama siyosatni to‘xtatish va "davlat terrorizmi" aktini qoralashga chaqirdi.

Kuni kecha Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Shamxani yadroshunos-fizik olimi Muhsin Faxrizodaga suiqasd tashkilotchilari aniqlanganini ma’lum qilgandi.

"Bu murakkab operatsiya bo‘ldi, voqea joyida hech kim bo‘lmagan (suiqasd uyushtirgan joy). Shu bilan birga, bizga buni kim tomonidan rejalashtirganini ma’lum, uning tarixini bilamiz", - dedi Shamxani, Tasnim agentligi tomonidan e’lon qilingan videoda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, suiqasdda Isroil va “Mossad” o‘z rollarini o‘ynashdi.

Yangiliklar lentasi
0