Dunyoda

Maradona surati tushirilgan pul chiqarilishi mumkin - foto

© SputnikDiyego Maradona
Diyego Maradona - Sputnik Oʻzbekiston
Argentinaliklar afsonaviy futbolchi Diyego Maradonaning suratini 10 ming peso pul birligida tasvirlashni taklif qilishdi.

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Argentinaliklar afsonaviy futbolchi Diyego Maradona suratini 10 ming peso pul birligida tasvirlashni taklif qilishdi. Petitsiya matni Change.org platformasida joylashtirildi.

Aktsiya 1 dekabrga oʻtar kechasi boshlandi, ayni vaqtda tashabbusni 15 mingdan ortiq kishi qoʻllab-quvvatladi, ularning soni oʻsishda davom etmoqda.

Argentina bayrogʻi,  koʻk va oq ranglarida - pul birligining dizayni yaratildi. Kupyuraning markazida Maradonaning yoshlikdagi portreti, orqa fonda esa u 1986 yilda yutib olgan Jahon kubogi tasvirlangan.

Argentinada eng katta pul birligi 1000 peso.

Eslatib oʻtamiz, Maradona 25 noyabrda 60 yoshida vafot etdi. Buenos-Ayresda dafn marosimi boʻlib oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala