Rossiya

Popova: Rossiyada OIV infektsiyasiga qarshi vaktsina prototiplari bor

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishEkspress-testirovaniye na VICH v Kazani
Ekspress-testirovaniye na VICH v Kazani - Sputnik Oʻzbekiston
Rospotrebnadzor rahbari Rossiyada odamning immunitet tanqisligi virusiga (OIV) qarshi vaktsina prototiplari borligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiyada odamning immunitet tanqisligi virusiga (OIV) qarshi vaktsina prototiplari borligini maʼlum qildi.

“Rossiya OIV infektsiyasiga qarshi vaktsina ishlab chiqarishda anchadan buyonishtirok etib kelmoqda. Bizda oʻzimizning prototiplarimiz bor, bizda oʻzimizning vaktsinalarimiz bor”, - dedi u. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Noyabr oyi oxirida Rossiya SSV OIV infektsiyasi boʻyicha bosh mutaxassisi bu kasallikning oldini olishga moʻljalllangan preparat yaqin yillarda paydo boʻlishi umid bildirgan edi.

Emblemы Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya i Obʼyedinyonnoy programmы OON po VICH/SPID (YUNEYDS) - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda OIV infektsiyasi boʻyicha epidemik vaziyatda barqarorlashish kuzatilmoqda

OIV kasalligi odamning immunitet tanqisligi virusi oqibatida kelib chiqqan oʻta xavfli yuqumli kasallikdir. OITS orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi, OIV kasalligining soʻnggi bosqichi hisoblanadi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hamda BMT bosh Assambleyasining 1988 yilidagi qaroriga asosan, 1 dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.

Inson ilk bor OIVni immunitet yordamida yengdi

Oʻzbekistonda 2020 yilning 1 noyabr holatiga OIV infektsiyasi bilan yashovchilar soni 43 581 nafarni tashkil etmoqda.

Mamlakatda 78 ta OIV diagnostika laboratoriyalari faoliyat olib bormoqda, ulardan 15 tasi OITSga qarshi kurash markazlaridagi laboratoriya komplekslari va 63 ta tumanlararo laboratoriyalardir. Ushbu laboratoriyalarda IFA, immunoblot, PTSR, immunologik, klinik, biokimyoviy va bakteriologik tekshiruvlar oʻtkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala