Rus quroli: 2020-yilning dastlabki natijalari

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishTanki T-14 "Armata"
Tanki T-14 Armata  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya mudofaa-sanoat kompleksi va RF Mudofaa vazirligining qayta qurollanish dasturi o‘tayotgan yilda iqtisodiy turbulentlik sharoiti hamda global chaqiriqlar va xatarlar fonida yuqori barqarorlikni namoyish etdi.

2020 yildagi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq global iqtisodiy inqiroz Rossiya davlat qurol ishlab chiqarish dasturi (GPV-2020)ni va RFning xalqaro qurol bozoridagi pozitsiyalariga putur yetkaza olmadi. Rossiya qo‘shinlari ta’minoti o‘tgan yilgiga nisbatan 11 %ga oshdi. "Rosoboroneksport" xorijiy buyurtmachilarga 10 milliard dollarlik harbiy maqsadli mahsulotlarni yetkazib berdi, buyurtma portfelini taxminan 50 milliard dollarda saqlab qoldi va 9 milliard dollarga yangi bitimlar imzoladi.

Voyennoe shou Vejlivie lyudi v ramkax foruma Armiya-2017 - Sputnik O‘zbekiston
Rus quroli: “Tulpan” - dunyoda eng qudratli termoyadroviy minomot

Qayta qurollanish poygasida ishtirok etmay, Rossiya 2019-yildan armiya va flotning qayta ta’minoti uchun 2019-yildan 1,5 trln rubldan ko‘p sarflamoqda, boz ustiga mablag‘larning 70%dan ko‘pi – zamonaviy seriyali namunalarga sarflanyapti. Qo‘shinlar bir yil ichida 2300 dan ortiq yangi turdagi qurol-aslahalarni olgan.

Rossiya floti 35ta submarinalar, suv usti kemalari bilan to‘ldirildi – faqatgina Boltiq flotining o‘zi oltita yangi raketa kemalarini qabul qilib oldi. Havodan hujumga qarshi mudofaa ham– to‘rtta S-400 "Triumf" zenit-raketa polk komplektlari va oltita "Pansir"  zenit raketa-to‘p divizion komplektlari bilan boyidi.

"GPV-2020" dasturini amalga oshirish davomida armiya va dengiz flotida zamonaviy qurol-yarog‘ darajasi 70 %ga, strategik yadroviy kuchlarda 83 %ga, Aerokosmik kuchlarda 75 %ga yetdi. Umuman olganda, RFning qurol-yarog‘ni rivojlantirish bo‘yicha 2011–2020 yillarga mo‘ljallangan davlat to‘liq amalga oshiriladigan birinchi dastur bo‘ldi va qo‘shinlarni katta miqdordagi yangi va zamonaviy qurol-yarog‘ va jihozlar bilan ta’minladi. Tezlashtirish davom etmoqda, yangi yilda qo‘shinlar 3400dan ortiq yangi harbiy texnikaga ega bo‘ladi - harbiy qismlarning eng so‘nggi qurol-yarog‘ bilan doimiy jihozlanish hozirligi 2022-yil boshiga qadar 71 %dan oshadi.

Voyennoslujashie vo vremya taktiko-spetsialnix ucheniy - Sputnik O‘zbekiston
"Jang taktikasini o‘zgartirishadi": Rossiyada yangi zarba quroli paydo bo‘ldi

Muammolar halqasida

Rossiyaga qarshi sanksiyalar va g‘arblik "sheriklarning" vijdonsizlarcha raqobati tufayli pandemiya RF qurol eksportining eng katta muammosiga aylandi. Yodga olish kerakki, 2020-yilda jahon qurol savdosidagi umumiy "kovid" ko‘rsatkichining pasayishi 10% darajada bo‘lishi prognoz qilinmoqda, ammo Rossiya yetakchilikni saqlab qoldi. Rus quroli jahon qurol bozorining taxminan uchdan bir qismini (AQShdan keyin ikkinchi o‘rinni) egallagan.

"Rossiya allaqachon foydalanmoqda": AQSh qaysi qurolni hech o‘zlashtira olmayapti

Harbiy-texnik hamkorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosan maxfiy xarakterga ega va shu bilan birga Rossiya va Turkiya S-400 ZRKni yetkazib berish bo‘yicha ikkinchi bitimni imzolashgani, Misr 500ta T-90MS tanklariga buyurtma bergani, chet ellik buyurtmachiga Mi-38T ko‘pnishonli vertolotlarni yetkazib berish bo‘yicha bitim imzolangani ma’lum. Hindiston Rossiyaning MiG-29 va Su-30 qiruvchilari uchun 2 milliard dollar sarflashga tayyor.

Beshinchi avlod Su-57E qiruvchilari, modernizatsiya qilingan Mi-28NE vertolotlari va Ka-52K kema vertolotlari yuqori eksport salohiyatiga ega. S-300V4 "Antey-4000" zenit-raketa majmuasi va "Armata" zirhli mashinalar liniyasi ham talab kam emas.

Rossiya yetakchiligining istiqboldagi bahosini tushunish uchun, quyidagi ma’lumotga e’tibor qaratish joiz - Rossiya quroli eksportining taxminan 45%ini - aviatsiya tashkil etadi. 2020-2023 yillarda esa ko‘p nishonli qiruvchilarning jahon eksporti hajmi 110,7 milliard dollar, jangovar vertolotlarniki - 65,3 milliard dollarga baholanmoqda.

LIVE_SPUTNIK: Mirovie lideri prinimayut uchastie v Generalnoy Assamblee OON - Sputnik O‘zbekiston
COVID, qurol va tinchlik. Putinning BMTdagi chiqishi

Yuqori texnologiyalar jangovar safda

O‘tayotgan yil rus qurollarining miqdor (seriyali ishlab chiqarish) va sifat (jangovar foydalanish) ko‘rsatkichlarida katta yutug‘i bilan esda qoldi. Bir nechta yorqin shtrixlarni - xronologik tartibda keltirsak.

Zamonaviy va universal Ka-52 "Alligator" razvedka-zarba vertoloti Suriyadagi jangovar sharoitlarda sinovdan o‘tgan, bortda 2,8 tonna og‘irlikka ega arsenalni ko‘tarib yurishga qodir va hozirda 100 kilometrgacha masofaga ucha oladigan qanotli raketalarni o‘zida "o‘lchab ko‘rmoqda" (dunyoda analogi yo‘q). Rossiya HKK jangovar safida - bunday mashinalar soni taxminan 140tani tashkil qiladi.

"Pansir" ZRPK 2020-yilda ilk bor vaqt talabi tufayli harbiy kema palubasiga "qadam qo‘ydi". Havo nishonlarining tezlik va nishonga olish imkoniyatlari muntazam o‘sib bormoqda, ularning o‘lchami va ko‘rinishi esa aksincha, kamaymoqda. Raqibning arzon droniga qarshi S-300 yoki S-400 singari qimmatbahon raketalarni qo‘llashdan naf yo‘q. Dengiz amaliyotida ixcham tizim barcha ko‘rinishdagi havo nishonlarini 20 km chegara chizig‘idan tortib kema bortiga qadar bo‘lgan masofada optimal yo‘q qilishga qodir. 

Eksklyuziv: pusk novoy protivoraketi sistemi PRO na poligone Sari-Shagan - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya raketaga qarshi yangi mudofaa tizimini sinovdan o‘tkazdi - video

Rossiya havo-kosmik kuchlari Leningrad viloyatida birinchi eng yangi "Vitaz" S-350 zenit-raketa tizimining jangovar qo‘llanilishini boshlashdi va ushbu qurol G‘arbiy strategik yo‘nalishda havodan hujumga qarshi mudofaani kuchaytirishda sifatli sakrashni amalga oshirishga imkon beradi. Divizionda 12 ta uskuna mavjud bo‘lib, ularning har biri 12 tadan raketaga ega. Avtomatik rejimda 120 kilometrdan ortiq masofa va 30 kilometrgacha bo‘lgan balandlikda havodagi nishonlarga tez va aniq zarba berishga tayyor bo‘lgan jami 1728 ta raketa.

S-500 "Prometey" zenit-raketa tizimi sinovlari yakunlanmoqda, bu sinovlar davomida raketa rekord darajadagi 553 km masofada nishonni urdi. Qora dengiz yo‘nalishida S-500 tizimlari, farazlarga ko‘ra, tajovuzkorning Buxarest, Anqara yoki Kiyev ustidagi qiruvchi samolyotlarini hamda strategik bombardimonchi samolyotlarini urib tushirishga qodir (bularning barchasida nishongacha bo‘lgan masofa 550 km dan kam bo‘ladi).

 

Perviy zapusk giperzvukovoy raketi Sirkon s fregata Admiral Gorshkov v Belom more po morskoy seli v Barensevom more. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya “Sirkon” gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Rossiya HDK 2020-yilda 28-yil deganda birinchi marta oltita suvosti kemalarini qabul qilmoqda: to‘rttasi 955A va 885M loyihalaridagi atom kemalari va ikkitasi 636.3 va 677 loyihala - dizel-elektrik kemalar. To‘rtinchi avlodga mansub o‘nta strategik suv osti kreyserlari (uchta "Borey" va yettita "Borey-A")yaqin o‘n yilliklar uchun Rossiya yadroviy triadasining dengizdagi asosiga aylanadi va 160dan kam bo‘lmagan "Bulava" raketalarini maksimal 8000 kilometrgacha bo‘lgan harakat radiusida tashiydi (bu har biri 100-150 kilotonnagacha bo‘lgan 1600 ta ajraladigan boyegolovkalardir). Rossiya mamlakat manfaatlarini Jahon okeanining istalgan nuqtasida himoya qila oladigan yangi suvosti flotini shiddatli tezlikda yaratmoqda.

Beshinchi avlod Su-57 qiruvchilarining ommaviy ishlab chiqarilishi boshlandi. Yangi qiruvchi yer ustidagi uzoqlik masofasi 400 kilometrgacha bo‘lgan nishonlarni aniqlashga, 62tagacha obyektlarni kuzatib borishga (va boshqa samolyotlarga (zarba dronlariga) nishonlar bo‘yicha ko‘rsatmalarni olib berishga qodir. Birinchi partiyada RF Mudofaa vazirligi uchun – 76 qiruvchilar, istiqbolda esa Su-57ning uchta aviapolki Rossiya HKK jangovar imkoniyatlari barqaror rivojini ta’minlaydi.

Uspeshniy zapusk: Kitay otpravil bespilotniy apparat na Lunu - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy tuproq namunasini olib kelish uchun Oyga raketa uchirdi – video

Sayyoramizning har ikkala qutbidan uchib o‘tishga qodir bo‘lgan yangi og‘ir qit’alararo "Sarmat" ballistik raketa Strategik raketa kuchlariga xizmatga kirishdan oldin so‘nggi sinovlardan o‘tdi. Asosiy farq shundaki, yangi kontinentlararo ballistik raketadan yuqori aniqlikdagi noyadroviy qurol sifatida Yu-71 tipidagi gipertovushli bloklar bilan foydalanish imokniyati mavjud. Atmosferada taxminan 15 Max (7 km / sek.) Tezlikda blokning kinetik energiyasi hududning radioaktiv ifloslanishisiz yadroviy zarba berish uchun xos bo‘lgan halokatni kafolatlaydi. Gipertovushli manevr qiluvchi jangovar kallaklarining muhim ustunligi bu trayektoriyani juda aniq sozlash va start joyidan minglab kilometr naridagi "qoziq" ga aniq urish qobiliyatidir.

 

Yadroviy energetika uskunasiga ega bo‘lgan "Poseydon" dengiz osti transport vositasining sinovlari uchuvchisiz suzishning noyob xususiyatlarni va cheksiz tezligini tasdiqladi. Bu 1000 metr chuqurlikda 10 ming kilometrgacha, 100 uzel (185 km / soat) tezlikda harakatlana oladigan qit’alararo chuqur suvlarda harakatlanuvchi apparatdir. Uzunligi 24 metr bo‘lgan qurilma odatiy yoki megatonnali termoyadroviy o‘q-dorilar bilan jihozlanishi mumkin va samolyot tashuvchi guruhlarni, strategik suvosti bazalarini va dushmanning qirg‘oq infratuzilmasini yo‘q qilishga mo‘ljallangan.

Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v SZFO - Sputnik O‘zbekiston
Putin yangi “Viktor Chernomirdin” muzorarini ko‘zdan kechirdi

Rossiya dunyoning boshqa hech bir mamlakati bilan o‘xshashi bo‘lmagan, yuqori aniqlikdagi samarali qurol bo‘lgan "Sirkon" gipertovushli raketa sinovlarini muvaffaqiyatli yakunlamoqda. Oktabr oyida Oq dengizdagi "Sovet Ittifoqi floti Admirali Gorshkov" fregatidan uchirilgan "Sirkon" to‘rt yarim daqiqada 450 km masofadan turib Barenes dengizidagi nishonni urdi va RFning Arktika chegaralari va Shimoliy dengiz yo‘li mudofaasi ishonchliligini tasdiqladi. Tezlik 8 Maxdan oshdi, parvoz maksimal balandligi 28 kilometrga yetdi. Loyihaga ko‘ra, raketa tezligi 9 Maxga qadar (10789 km / soat dan yuqori)  va parvoz masofasi 1000 kilometrdan ortiq bo‘lishi nazarda tutilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida qo‘shinlarni minalardan tozalaydigan "Uran-6" robotlari bilan ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Ko‘p funksiyali robotlar kompleksi minalashtirilgan maydonlarda o‘tish joylarini o‘tkazish va katta maydonlarni minalardan tozalash uchun mo‘ljallangan (ilgari Suriyada sinovdan o‘tgan).

Yangiliklar lentasi
0