Shomurodovning Italiyadagi birinchi va super goli - video

Obuna bo‘lish
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 9-turidan o‘rin olgan “Jenoa” – “Parma” bahsida o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov o‘zining ilk golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu bahsda Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 50-daqiqada A Seriyadagi debut golini urdi. Shu tariqa Shomurodov Italiya chempionatida gol urgan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi.

Avvalroq Eldor Italiya Kubogi 1/16 finali doirasida “Sampdoriya”ga qarshi o‘yinda golli uzatma amalga oshirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0