Hodisalar

Qozonda oʻzbekistonlik ikkinchi qavatdan yiqilib halok boʻldi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishStroitelstvo jilыx domov
Stroitelstvo jilыx domov - Sputnik Oʻzbekiston
37 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi A.M. qurilish obʼyektining ikkinchi qavatidan yiqilib tushishi oqibatida hayotdan koʻz yumdi.

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Tatariston poytaxti Qozonda oʻzbekistonlik fojiali vafot etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Stroitelstvo jilыx domov - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbekiston fuqarosi Krasnodarda balandlikdan yiqilib, vafot etdi

Mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasining maʼlumotiga koʻra, 27 noyabr kuni 37 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi A.M. qurilish obʼyektining ikkinchi qavatidan yiqilib tushgan. Buning natijasida vafot etgan.

Taʼkidlanishicha, Bosh konsulxona vaziyatni oʻz nazoratiga olgan. Fuqaroning jasadini vatanga yuborish bilan bogʻliq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilishda yordam koʻrsatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala