Siyosat

Oʻzbekiston rahbari Nazarboyev va Toqayevni Birinchi prezident kuni bilan qutladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston rahbari Nazarboyev va Toqayevni Qozogʻistonning koʻp millatli xalqini davlat bayrami – Birinchi prezident kuni bilan samimiy qutlab, tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston birinchi prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev hamda mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Oʻzbekiston rahbari Nazarboyev va Toqayevni Qozogʻistonning koʻp millatli xalqini davlat bayrami – Birinchi prezident kuni bilan samimiy qutlab, tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Sostoyalas rabochaya vstrecha Prezidenta Respubliki Uzbekistan i Pervogo Prezidenta Respubliki Kazaxstan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev va Nazarboyev uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi. Amaliy hamkorlikka oid qoʻshma loyiha va dasturlarni, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Elboshining zamonaviy Qozogʻistonni barpo etish va izchil rivojlantirish, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishdagi tarixiy roli, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi alohida qayd etildi.

Mirziyoyev va Toqayev xalqaro kun tartibini, jumladan, shu oyda Oʻzbekiston raisligida boʻlib oʻtadigan MDH sammitiga tayyorgarlik koʻrish masalalarini ham muhokama qildilar. Hamdoʻstlik va boshqa mintaqaviy hamda global tuzilmalar doirasidagi yaqin muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini taʼkidladilar.

Suhbat soʻngida qardosh mamlakatlar oʻrtasidagi keng koʻlamli hamkorlikni rivojlantirishga ikki tomonning ham intilishi qatʼiy ekani tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0