Dunyoda

Biolog: boshdan kechirilgan koronavirus erta qarishni tezlashtirishi mumkin

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishPojilaya jenщina na lavochke
Pojilaya jenщina na lavochke - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Maʼlum qilinishicha, koronavirus bemorlarining 70 foizida ayrim ichki organlarining patologiyasi aniqlangan.

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Koronavirusni boshdan kechirgandan keyingi asoratlardan biri erta erta qarish boʻlishi mumkin. Bu haqda bu haqda Jorj Meyson universitetining tizimli biologiya maktabi professori Ancha Baranova RIA Novosti bilan suhbatda maʼlum qildi.

Izobrajeniye koronavirusa SARS-CoV-2(oboznachen jeltыm tsvetom), kotorыy porajayet kletki cheloveka - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Olimlar koronavirusga qarshi antitanachalarning saqlanish muddatini aniqladi

Mutaxassis koronavirusning yengil va oʻrta darajasini boshdan kechirgan odamlar sogʻligʻini kuzatgan bir guruh shifokorlarning tadqiqot natijalariga tayanib shunday fikrni bildirgan.

Aniqlanishicha, bemorlarning 70 foizida ayrim ichki organlarining patologiyasi aniqlangan. Eng koʻp uchragan holat yogʻli gepatoz (jigar yalligʻlanishi) va oshqozonosti bezi toʻqimalarining yogʻli degeneratsiyasi boʻlgan.

“Odatda bunday tashxislar 60 yoshda qoʻyiladi, koronavirusdan tuzalgandan guruhida bu 40 yoshdayoq kuzatilgan”, - dedi Baranova.

U koronavirus infektsiyasi “resurslarni olib, qarilikni yaqinlashtirishi” haqidagi fikri bilan oʻrtoqlashdi. Shu bilan birga u kasallik asoratlari yanada batafsil oʻrganishni talab etishini taʼkidladi

Yangiliklar lentasi
0