Iqtisod

Toshkent va Kobul Transafgʻon temir yoʻl yoʻlagi loyihasiga oid qoʻshma murojaat tayyorlamoqda

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Fotobankka oʻtishZapusk dvijeniya gruzovыx poyezdov po Krыmskomu mostu
Zapusk dvijeniya gruzovыx poyezdov po Krыmskomu mostu - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev va Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani Transafgʻon temir yoʻl yoʻlagini barpo etish loyihasini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida yetakchi mamlakatlar va xalqaro moliyaviy institutlarga qoʻshma murojaat yoʻllashga kelishib oldi.

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Oʻzbekiston va Afgʻoniston Transafgʻon temir yoʻl yoʻlagini barpo etish loyihasini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida yetakchi mamlakatlar va xalqaro moliyaviy institutlarga qoʻshma murojaat yoʻllaydi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani telefon orqali muloqot chogʻida bu borada kelishib oldi.

Posol RF v Uzbekistane Vladimir Tyurdenev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Ismatulla Irgashev Rossiya elchisi bilan Afgʻoniston masalasini muhokama qildi

Ikki davlat yetakchilari “Surxon – Puli Xumri” yoʻnalishida elektr uzatish liniyasini qurish loyihasini jadallashtirish masalalari muvofiqlashtirdi.

Gʻani Afgʻonistonning koʻp millatli xalqi nomidan Oʻzbekiston rahbariga afgʻonlararo tinchlik jarayonini har tomonlama qoʻllab-quvvatlayotgani hamda ushbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, shu jumladan koronavirusga qarshi kurashish davrida amaliy yordam koʻrsatayotgani uchun samimiy  minnatdorlik bildirdi.

Prezidentlar ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlik surʼati ortib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdilar.

“Pandemiya oqibatlariga qaramay, oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi sezilarli koʻpaydi, biznes aloqalari faollashdi. Ikki mamlakat tadbirkorlari uchun noyob imkoniyatlarga ega “Termiz” xalqaro savdo markazi tashkil etildi”, - deyilgan xabarda.

Shavkat Mirziyoyev prinyal predsedatelya Vыsshego soveta natsionalnogo primireniya Afganistana Abdullu Abdullu. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Afgʻoniston Milliy yarashuv oliy kengashi raisini qabul qildi

Savdo hajmini ikki barobar koʻpaytirish uchun huquqiy bazani takomillashtirish, savdo uylari tarmogʻini kengaytirish va yangi kooperatsiya loyihalari toʻplamini shakllantirish masalalari oʻrganilmoqda.

Prezidentlar oʻtgan hafta boʻlib oʻtgan Afgʻoniston boʻyicha Jeneva xalqaro konferentsiyasining asosiy natijalarini yuksak baholadilar.

Mintaqada oʻzaro bogʻliqlikni yanada mustahkamlash, Afgʻonistonni xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalarga integratsiya qilishga qaratilgan ustuvor loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Osiyo taraqqiyot banki (OTB) "Surxon-Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasi qurish loyihasiga 110 mln dollar ajratishgani xabar qilingan edi. Yaqin kelajakda "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va "Da Afghanistan Breshna Sherkat” ushbu EULni qurishga kirishadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala