Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Yoshlarni Suriyadagi terrorchilar safiga qoʻshish uchun joʻnatib kelayotgan shaxs qoʻlga olindi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston
24 yoshli Samarqand viloyatida tugʻilgan O.Hoshimov Misrda oʻqishi davomida xalqaro terrorchilik tashkiloti rahnamolarining gʻoyaviy taʼsiriga tushib qolgan.

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Oʻzbekiston yoshlarini Suriyadagi terrorchilar safiga qoʻshish uchun joʻnatib kelayotgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Oʻzbekiston DXX va IIV xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida mamlakat fuqarolarini yollab, Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga joʻnatish bilan shugʻullanib kelgan shaxsning faoliyatiga chek qoʻyildi.

Mavjud maʼlumotlarga koʻra, 1996 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan O.Hoshimov 2019 yilda Misrda oʻqishi davomida xalqaro terrorchilik tashkiloti rahnamolarining gʻoyaviy taʼsiriga tushib qolgan. U yerga mamlakatdan diniy taʼlim olish maqsadida borgan yoshlar orasida oʻzining aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib qilgan.

V Uzbekistane zaderjanы chlenы techeniya Djixadistы* - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yangiyoʻlda bir guruh "jihodchilar" qoʻlga olindi

Bundan tashqari, Suriya davlati hududida faoliyat olib borayotgan “Tavhid va jihod katibasi”* xalqaro terrorchilik tashkilotining safiga qoʻshilishga daʼvat qilib, ularni yuborish bilan shugʻullanib kelgan.

Ushlangan shaxsning uyali telefon apparati xotirasida ekstremistik mazmundagi materiallar mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda olib qoʻyilgan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib,  tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qarori bilan “Tavhid va jihod katibasi”* xalqaro terrorchilik tashkiloti faoliyati mamlakat hududida taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan.

Vazirlik fuqarolar, ayniqsa yoshlarni ogohlantirgan va ijtimoiy tarmoqlardagi shubhali saytlarda tarqatilayotgan buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmaslik, jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallardan foydalanmaslik hamda internet tarmogʻida noxolis, tekshirilmagan va asossiz materiallarni tarqatish bilan shugʻullanmaslikni soʻragan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala