Turizm

Oʻzbekiston Hindistonda “Eng yaxshi istiqbolli sayyohlik yoʻnalishi” sifatida eʼtirof etildi

“India’s Best Awards – 2020” yillik tanlov natijalariga koʻra, Oʻzbekiston “Eng yaxshi istiqbolli sayyohlik yoʻnalishi” (Best Emerging Destination) nominatsiyasi gʻolibi deb topildi.

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Hindistonning turizm mavzusiga ixtisoslashgan yetakchi nashrlaridan biri “Travel+Leisure India & South Asia” jurnali tomonidan har yili tashkil etiladigan “India’s Best Awards – 2020” yillik tanlovi natijalari eʼlon qilindi.

“Dunyo” AA xabariga koʻra, mamlakatdagi pandemiya bilan bogʻliq vaziyat sababli natijalar onlayn tartibda jurnal veb-sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali eʼlon qilindi.

“India’s Best Awards – 2020” yillik tanlov natijalariga koʻra, Oʻzbekiston “Eng yaxshi istiqbolli sayyohlik yoʻnalishi” (Best Emerging Destination) nominatsiyasi gʻolibi deb topildi”, - deyilgan xabarda.

Anʼanaviy tanlovda har yili Hindistonning ichki turizm yoʻnalishlari va xalqaro yoʻnalishlar gʻoliblari eʼlon qilib boriladi.

Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Oʻzbekiston tashabbusi bilan "Tiklanish yoʻli" xalqaro onlayn turizm konferentsiyasi oʻtkaziladi

“India’s Best Awards – 2020” gʻoliblari “Travel+Leisure India & South Asia” jurnali oʻquvchilari tomonidan onlayn ovoz berish orqali aniqlangan.

Qayd etish lozimki, “Travel+Leisure” xalqaro turizmga ixtisososlashgan jurnal boʻlib, uning ilk soni 1937 yilda chop etilgan. Hozirda AQSH, Turkiya, Xitoy, Avstraliya, Hindiston, Rossiya va boshqa davlatlarda ingliz tilida nashr etib kelinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq bosh vazir Abdulla Aripov Oʻzbekiston turizm va madaniy almashuvni rivojlantirish uchun Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar oʻrtasida parvozlarni bosqichma-bosqich tiklashga chaqirishini maʼlum qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala