O‘zbekiston Hindistonda “Eng yaxshi istiqbolli sayyohlik yo‘nalishi” sifatida e’tirof etildi

Obuna bo‘lish
“India’s Best Awards – 2020” yillik tanlov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston “Eng yaxshi istiqbolli sayyohlik yo‘nalishi” (Best Emerging Destination) nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Hindistonning turizm mavzusiga ixtisoslashgan yetakchi nashrlaridan biri “Travel+Leisure India & South Asia” jurnali tomonidan har yili tashkil etiladigan “India’s Best Awards – 2020” yillik tanlovi natijalari e’lon qilindi.

“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, mamlakatdagi pandemiya bilan bog‘liq vaziyat sababli natijalar onlayn tartibda jurnal veb-sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali e’lon qilindi.

“India’s Best Awards – 2020” yillik tanlov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston “Eng yaxshi istiqbolli sayyohlik yo‘nalishi” (Best Emerging Destination) nominatsiyasi g‘olibi deb topildi”, - deyilgan xabarda.

An’anaviy tanlovda har yili Hindistonning ichki turizm yo‘nalishlari va xalqaro yo‘nalishlar g‘oliblari e’lon qilib boriladi.

Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashabbusi bilan "Tiklanish yo‘li" xalqaro onlayn turizm konferensiyasi o‘tkaziladi

“India’s Best Awards – 2020” g‘oliblari “Travel+Leisure India & South Asia” jurnali o‘quvchilari tomonidan onlayn ovoz berish orqali aniqlangan.

Qayd etish lozimki, “Travel+Leisure” xalqaro turizmga ixtisososlashgan jurnal bo‘lib, uning ilk soni 1937-yilda chop etilgan. Hozirda AQSh, Turkiya, Xitoy, Avstraliya, Hindiston, Rossiya va boshqa davlatlarda ingliz tilida nashr etib kelinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston turizm va madaniy almashuvni rivojlantirish uchun Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar o‘rtasida parvozlarni bosqichma-bosqich tiklashga chaqirishini ma’lum qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0