Moskvada COVID-19 ga qarshi emlashni boshlash sanasi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya ot koronavirusa
Vaksinatsiya ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada 4-dekabrdan koronavirusga qarshi emlanish uchun elektron yozilish boshlanadi. Birinchi navbatda ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda ijtimoiy xizmat xodimlari emlanadi.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Rossiya poytaxti Moskvada 4-dekabrdan koronavirusga qarshi emlanish uchun elektron yozilish boshlanadi, 5-dekabrdan esa emlash punktlari ish boshlaydi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobanin ma’lum qildi.

Medrabotnik s preparatom ot koronavirusa Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston
Kelgusi haftadan Rossiyada ommaviy vaksinatsiya boshlanadi

“... ommaviy emlashning ulkan mexanizmini tig‘ishlashtirish maqsadida ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda shahar ijtimoiy xizmat xodimlari uchun 2020-yil 4-dekabrdan emlanish uchun elektron yozilishni ochamiz”, - deya yozdi Sobanin.

Yaqin hafta ichida vaksina partiyalarining yetkazib berilishi bilan emlashda ishtirok etuvchi kishilar guruhi kengayadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada kelgusi haftadan COVID-19ga qarshi  ommaviy emlashni boshlashni topshirgan edi.

Rossiyada koronavirusga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatga olingan. Bu Gamaleya markazining “Sputnik V” va “Vektor”markazining “EpiVakKorona” vaksinasi. Yaqin kunlarda Chumakov nomidagi Ilmiy markaz vaksinasi ham ro‘yxatga olinishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0