Kelgusi haftadan Rossiyada ommaviy vaksinatsiya boshlanadi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishMedrabotnik s preparatom ot koronavirusa "Sputnik V"
Medrabotnik s preparatom ot koronavirusa Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada vaksina bepul va ko‘ngilli bo‘ladi, yil oxiriga qadar 2 milliondan ortiq doza vaksina ishlab chiqariladi.

TOShKENT, 3 dek - Sputnik. Vladimir Putin bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikovaga Rossiyada kelgusi haftadan COVID-19ga qarshi  ommaviy vaksinatsiya boshlashni topshirdi.  

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yil oxiriga qadar 2 milliondan ortiq "Sputnik V" vaksinasi ishlab chiqiladi. Birinchi navbatda shifokorlar va o‘qituvchilar emlanadi. 

"Keling bir narsa haqida kelishib olaylik, - dedi Putin Golikovaga. Kelgusi haftada siz keng ko‘lamli vaksinatsiya qilishni boshlaysiz. Kelishdikmi? Menga har hafta hisobot berishadi. Keling endi boshlaylik. Sizlar bu borada juda ehtiyotkor, men hammasini tushunaman."    

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga qarganadan tibbiyot sanoati ommaviy vaksinatsiyani boshlashga tayyor bo‘lgan. 2021-yil davomida bir necha o‘nlab million kishilar vaksina olishi rejalashtirilgan. Rossiyada vaksinalar bepul va ko‘ngilli bo‘ladi. Bu haqida Rossiya prezidenti oldin ham bir necha bor aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda COVID-19ga qarshi dunyoda birinchi vaksina "Sputnik V" Rossiyada 11-avgust kuni ro‘yxatga olingan edi. Uni Gamaleya nomidagi Milliy markaz odam adenovirusi asosida ishlab chiqargan edi. Ikkinchi vaksina "Vektor" virusologiya markazi tomonidan yaratildi. 

Yangiliklar lentasi
0