Jamiyat

Navoiyda taʼlim sifati past boʻlgan 26 ta maktab direktorlari ishdan olindi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchintsev / Fotobankka oʻtishPustoy klass v shkole
Pustoy klass v shkole - Sputnik Oʻzbekiston
Navoiy viloyatida taʼlim sifati past boʻlgan 26 nafar maktab direktori, 2 nafar xalq taʼlimi boʻlimi mudiri, 3 nafar xalq taʼlimi boʻlimi mudiri oʻrinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Navoiy viloyatida past koʻrsatkichli maktab direktorlari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Taʼlim sifati past boʻlgan 26 nafar maktab direktori, 2 nafar xalq taʼlimi boʻlimi mudiri, 3 nafar xalq taʼlimi boʻlimi mudiri oʻrinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan”, - deyilgan xabarda.

Direktor shk №30 v Buxare Irina Kotova (v tsentre) s pedagogami - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Pedagog xodimlar maoshiga ustama toʻlanadi

Shu bilan birga tuman va shaharlarda oʻtkazilgan yigʻilishlarda OTMga kirish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan 106 nafar maktab direktori 10 million soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlangan.

Noyabr oyi oʻrtalarida xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov rahbarligida Qarshi shahrida taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazilgan edi. Yigʻilishda birorta bitiruvchisi OTMga kirmagan Qashqadaryodagi 20 ta maktab direktori ishdan olingan edi.

Eslatib oʻtamiz, joriy oʻquv yilidan boshlab maktab direktori va oʻqituvchilarga oʻquvchilarning oliy taʼlimga kirishi, kasb egallab, oʻz ishini topishi darajasiga qarab oshirilgan ish haqi toʻlanishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala