OTMda o‘qiganlikni tasdiqlovchi ma’lumotnomani onlayn olish mumkin

Obuna bo‘lish
Endi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi ma’lumotnomani onlayn olish mumkin. Xizmat bepul ko‘rsatiladi.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Endi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi ma’lumotnomani onlayn olish mumkin. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar bermoqda.

Xabarda yozilishicha, buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtorizatsiyadan o‘tish va xizmatdan foydalanish bo‘yicha so‘rovnomani to‘ldirish kerak bo‘ladi.

“Ushbu ma’lumotnoma 5 ish kuni davomida shakllantiriladi va elektron ko‘rinishida YaIDXPdagi shaxsiy kabinetingizga yuboriladi”, - deyilgan xabarda.

Idora xizmat bepul ko‘rsatilishini qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0