Video

Bir oqshomda bir million: odamlar hayvonlarni och oʻlimdan asrab qolishdi

Tataristonda ochlik xavfi yoqasiga kelib qolgan hayvonlar boshpanasiga odamlar bir oqshomda bir million rubl oʻtkazib berishdi.

Yaqinda Tatariston Respublikasining Aksubayeva nomli qishloqda joylashgan "Vega" nomli hayvonlar boshpanasida bir  ajoyib voqea sodir boʻldi. Boshpana koʻngilli fuqarolar tomonidan tashkil qilingan boʻlib, faqat xususiy xayriya mablagʻlari asosida kun koʻrardi. U yerda 100ga yaqin har xil vaziyatlarda qutqarib qolingan va asrab olingan it va mushuklar saqlanadi. 

Lekin oxirgi vaqtlarga ushbu boshpanaga ekskursiyaga keladigan va xayriya qiladigan kishilar soni keskin kamayib ketishi tufayli Vega moliyaviy ogʻir ahvolga tushib qolgan edi. Boshpana qarzlari koʻpayib, hayvonlarga berishga ovqat ham qolmaganidan soʻng, uning boshligʻi instagramda gʻamgin xabar yozib qoldirgan.

"Xabaringiz bor bizning boshpana "Aksubayevo" qishlogʻida joylashgan. Bu yerda mahalliy aholi ham juda qiyin ahvolda yashaydi, bizga yordam beradigan hech kim yoʻq. Boshpanamiz qarzlari 1 milliondan oshib ketdi. Hayvonlarga beradigan ovqat ham qolmagan. Nahotki shu oxirgi nuqta boʻlsa? Nahotki endi ularni yana koʻchaga chiqarib yuborishga toʻgʻri kelsa", - deb yozib qoldirgan edi.   

Shundan soʻng ushbu xabar keng tarqalib, hayvonlarga befarq boʻlmagan kishilar tomonidan bir oqshomda bir million rubldan ortiq xayiya mablagʻlari jamlangan. Ushbu mablagʻlar barcha qarzlarni qoplab hayvonlar uchun yana bir oylik ovqat zahiralari jamlashga yetarli boʻlgan. 

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot "Vega" chastnыy mini-priyut (@priut_vega)

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala