Bloomberg: Gulnora Karimova Shveysariyada sudda yutib chiqdi

© Sputnik / Valeriy Levitin / Mediabankka o‘tishDen rojdeniya osnovatelya yuvelirnogo doma De Grisogono
Den rojdeniya osnovatelya yuvelirnogo doma De Grisogono - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manjga ko‘ra, bu uning uchun muhim g‘alaba. Tafsilotlar bilan xabarimizda tanishing

TOShKENT, 4 dek - Sputnik. Gulnora Karimova Shveysariyada sudda g‘olib chiqdi, deb yozadi Bloomberg.

Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Shveysariya Gulnora Karimova mablag‘larini qaytarish shartlarini kelishib oldi

Qarorga binoan Federal Apellyatsiya sudi Karimovaning Gibraltar kompaniyasi Takilant Ltd ning qonuniy benefitsiari bo‘lganligi to‘g‘risidagi da’vosini qondirdi, uning mablag‘lari 2018-yilgi jinoyat ishi bo‘yicha Shveysariya bank hisobvarag‘ida muzlatib qo‘yilgan.

Shu bilan birga, sud qarori bilan allaqanday O‘zbekiston fuqarosi B.ga nisbatan sud qarori qabul qilingan. Ayol Gulnora Karimova nomidan hujjatlarni soxtalashtirish va pulni yuqishda aybdor deb topilgan. B.ning bu qilmishlaridan maqsad Gulnora Karimova pul mablag‘larining haqiqiy egasi ekanligi to‘g‘risidagi faktni yashirish bo‘lgan.

Karimovaning advokati Greguar Manjning so‘zlariga ko‘ra, bu Gulnora uchun muhim g‘alaba, Shveysariya prokuraturasida esa 350 million dollarning noqonuniy kelib chiqishini isbotlovchi dalillar yetarli emas.

Advokatning aniqlik kiritishicha, ushbu qaror Shveysariyaning pullarni O‘zbekistonga qaytarishdan oldinroq Gulnora Karimovaga qaytarish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2012-yilda Shveysariya prokuraturasi Gulnora Karimovaning 800 mln shveysariya frankiga teng aktivlarini muzlatib qo‘ygan edi. Ushbu mablag‘larning bir qismi — 131 mln dollarga yaqini — 2019-yilda qayd etilgan.

2015 yil avgust oyida Karimova tovlamachilik va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblanib, 2017-yilning dekabrida yana bir jinoiy ish doirasida unga 10-yilga ozodlikdan mahrum etish ko‘rinishida jazo tayinlangan edi. 18 mart kuni sud yangi jinoiy ish doirasida uning qamoq muddatini 13-yil to‘rt oygacha uzaytirdi.

Yangiliklar lentasi
0