“Zomin” erkin turistik zona tashkil etiladi – prezident qarori

© Foto iz arxiva Federatsii Profsoyuzov RUzSanatoriy "Zamin"
Sanatoriy Zamin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini hamda xalqaro umummavsumiy tog‘-chang‘i kurortini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini hamda xalqaro umummavsumiy tog‘-chang‘i kurortini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Shezlongi na plyaje ostrova Velassaru (Maldivi). - Sputnik O‘zbekiston
Karantin o‘tkazish uchun dunyoda birinchi hashamatli kurort ochildi

Unda, Jizzax viloyatining “Zomin” turistik-rekreatsion zonasini (erkin turistik zona) tashkil etish; erkin turistik zona hududida zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar qurish, shuningdek zamonaviy muhandislik infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berish nazarda tutilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, erkin turistik zonaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari:

- erkin turistik zonada zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlari (mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar)ni, turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarni ta’minlagan holda maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiyalarini jalb qilish;

- hududning ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘ziga xos turistik yo‘nalishlarni tashkil etish;

- transport vositalarining arzonligini ta’minlash, hududda transport harakatining yangi (avtobus, mikroavtobus, funikulor va boshqalar), shu jumladan, muqobil energiya manbalarida harakatlanuvchi turlarini joriy etish, yo‘lovchi transporti yo‘nalishlarini kengaytirish, uning to‘xtovsiz harakatini tashkil etish, tegishli transport infratuzilmasini rivojlantirish;

Gorod Samarkand. Vid na ploshad Registan - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda "Ipak yo‘li" turizm universiteti ochildi

- turistlar xavfsizligining qo‘shimcha sharoitlarini, shu jumladan turistik infratuzilma obyektlarini videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, ogohlantirish tizimlarini tashkil etish, hududga keluvchi turistlar haqida yagona ma’lumotlar bazasini, favqulodda holatlarda tez yordam berish tizimini joriy etish yo‘li bilan yaratish;

- erkin turistik zona hududida loyihalarni amalga oshirayotgan va faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda investorlar (shu jumladan, xorijiy investorlar) uchun belgilangan alohida bojxona va soliq rejimlarini ta’minlash;

- energiyaning muqobil va qayta tiklanuvchi manbalarini qo‘llagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni joriy qilish asosida o‘ziga xos ekologik tizimni yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish;

- hududda noyob tabiiy obyektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash, shuningdek, faoliyatning atrof-muhitga salbiy ta’sirini oldini olish va minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Turkiya Respublikasining “IDEALIST” kompaniyasi tomonidan Zomin tumanida erkin turistik zonaning bosh rejasi loyihasi ishlab chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0