Qarshidan Toshkentga olib kelinayotgan 351 kilo goʻsht isteʼmolga yaroqsiz boʻlib chiqdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMyaso na rыnke v Tashkente
Myaso na rыnke v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Goʻsht laboratoriyada tekshirilib, isteʼmolga uchun yaroqsiz ekanligi yuzasidan xulosa olingach, belgilangan tartibda yoʻq qilindi.

TOSHKENT, 4 dek - Sputnik. Sirdaryo viloyatida isteʼmolga yaroqsiz goʻsht mahsulotlari aniqlandi, deb xabar bermoqda IIV PPXvaJTSBB.
Voqea 3 dekabr soat 02:30 larda Sirdaryo tumanida joylashgan "Sirdaryo" YPX maskanida xizmat olib borayotgan viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda PPXvaJTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmasi xodimlari bilan hamkorlikda tadbir oʻtkazilgan.

Tadbir davomida "Qarshi-Toshkent" yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida yashovchi 20 yoshli E.X. boshqaruvidagi "Neksiya-2" mashinasi toʻxtatilib tekshirilganda, uning salon qismi va yuk xonasida veterinariya-sanitariya qoidalariga zid hamda veterinariya kuzatuv hujjatisiz jami 351 kg. qoramol goʻsht mahsulotlari borligi aniqlangan.

Goʻsht viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi laboratoriyasida tekshirilganida, isteʼmolga uchun yaroqsiz ekanligi aniqlanib, u belgilangan tartibda yoʻq qilingan.

Fuqaro E.X.ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Sirdaryo viloyati boshqarmasiga topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala